Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O‘zi bilan teng bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi?

O‘zi bilan teng bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, yoshi o‘zi bilan teng bo‘lgan qizga uylansa bo‘ladimi? Bu haqida ko‘pchilik tavsiya bermayapti. Iltimos, maslahat bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, uylanish mumkin. Yoshi teng bo‘lsa ham, undan katta bo‘lsa ham, kichik bo‘lsa ham uylanish joiz. Eng muhimi – soliha ayolga uylanish. Yoshlik emas, shaxsiyat muhim. Sizga diningizda madadkor, farzandlaringizga yaxshi ona bo‘ladigan, aqliy va axloqiy tarbiyasi mustahkam bo‘lgan ayolga uylaning. Yoshdagi bir-ikki yillik farq hech qanday muammo emas. Eng asosiysi – o‘zaro tushunish, hayotni birga olib ketish qobiliyati. Vallohu a’lam.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Ammo ba’d.

Albatta, uylanish mumkin. Yoshi teng bo‘lsa ham, undan katta bo‘lsa ham, kichik bo‘lsa ham uylanish joiz. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam uylanganlarida Xadicha onamiz nechchi yosh edilar? Rasululloh 25 yosh edilar. Xadicha onamiz esa ayrim rivoyatlarda 40 yosh, ba’zilarida esa 29 yosh bo‘lgan deb aytiladi.

29 yosh bo‘lgan taqdirda ham Rasulullohdan to‘rt yosh katta bo‘ladi. Ya’ni ko‘plab rivoyatlarda Xadicha onamiz Rasulullohdan katta bo‘lganlari aytiladi. Sahobalarda ham bundan ko‘p misollar bor — o‘zidan kattaga uylanish oddiy hol bo‘lgan.

Ular yoshga qaramagan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Oisha onamizga ham uylanganlar. Oisha onamiz bilan Rasululloh orasida bir necha yil farq bo‘lgan. Demak, yosh masalasi muhim emas. Bu faqat urf-odatga bog‘liq narsa. Bizning urfimizda yosh tengga uylanish odat tusiga kirgan, lekin shariatda yosh teng bo‘lishi shart degan joy yo‘q.

Eng muhimi – soliha ayolga uylanish. Yoshlik emas, shaxsiyat muhim. Sizga diningizda madadkor, farzandlaringizga yaxshi ona bo‘ladigan, aqliy va axloqiy tarbiyasi mustahkam bo‘lgan ayolga uylaning.

“Yoshi teng, bir yosh katta, besh yosh katta”, bu narsalar muhim emas. Gap yoshda emas – boshda, deyishadi. Juda to‘g‘ri gap. Insonning shaxsiyati, nasl-nasabi, diyonati, aql-zakovati, farosati – mana shular muhim.

Yoshdagi bir-ikki yillik farq hech qanday muammo emas. Eng asosiysi – o‘zaro tushunish, hayotni birga olib ketish qobiliyati. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025