Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Oysha onamizni zinoda ayblovchi va sahobalarni so‘kuvchilar musulmon hisoblanadimi?

Oysha onamizni zinoda ayblovchi va sahobalarni so‘kuvchilar musulmon hisoblanadimi?

Nashr sanasi: April 28, 2025

Savol :

Oysha onamizni zinoda ayblaydigan va sahobalarni so‘kadiganlarni musulmon birodarlarimiz deyishning hukmi nima bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Savol qisqacha: Yo‘q, ular dindan chiqqan kofir va murtad bo‘ladilar, musulmon deyilmaydi.

Ya’ni Oysha onamizni zinoda ayblaydigan odam — musulmon bo‘lmaydi.

U Qur’onni yolg‘onchi degan bo‘ladi. Chunki Qur’onda Alloh taolo aytadi:

(Surat an-Nur, 24:11):

إِنَّ الَّذِينَ جَاءُوا بِالإِفْكِ عُصْبَةٌ مِّنكُمْ

Albatta, bu tuhmatni keltirganlar sizlardan bo‘lgan bir guruhdir.

Alloh taolo Oysha onamizga bo‘lgan voqeani “tuhmat”, “bo‘hton” deb atagan.

Kim Oysha onamiz zino qilgan deb da’vo qilsa, bu tuhmat emas, haqiqat deyishi bilan — Qur’onni yolg‘onchi qilgan bo‘ladi.

Shuning uchun kim Oysha onamizni zinoda ayblasa, u odam dindan chiqqan, kofir, murtad hisoblanadi.

U hech qachon sizning birodaringiz ham, mo’min ham bo‘lmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025