Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Ustoz, ba’zi odamlar ovqatdan soch tolasi chiqsa, uni yemay qo‘yishadi va ovqatni pishirgan kishini malomat qilishadi. Bu kabi malomat qilish dinimizda qanchalik to‘g‘ri?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar kimningdir tabiati ovqatdan chiqqan soch yoki boshqa begona narsani ko‘tarolmasa, u inson o‘sha ovqatni yemasligi mumkin. Bu — tabiiy hol. Ammo bu holatda ovqatni to‘kib yuborish, uni ayblash yoki isrof qilish — shar’an noto‘g‘ri.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar kimningdir tabiati ovqatdan chiqqan soch yoki boshqa begona narsani ko‘tarolmasa, u inson o‘sha ovqatni yemasligi mumkin. Bu — tabiiy hol. Ammo bu holatda ovqatni to‘kib yuborish, uni ayblash yoki isrof qilishshar’an noto‘g‘ri.

Odam ovqatni yemasa ham, boshqalarga berib yuborishi, ya’ni qo‘shniga, muhtojga yoki ishdan bexabar kishiga berishi mumkin. Isrof qilish — harom.

Bu borada Rasululloh ﷺ sunnatlari bizga go‘zal ibratdir. Bir kuni u zotning oldilariga “ḍobb” (cho‘l kaltakesagi) go‘shti qo‘yilgan. U zot uni yeymoqchi bo‘lganlarida, Ummu Salama onamiz bu “dobb” ekanini aytib qolganlar. Rasululloh ﷺ darhol qo‘llarini tortib olganlar.

Xolid ibn Valid r.a. so‘raganlar:
— “Ey Rasululloh, bu harommi?”
Rasululloh ﷺ aytdilar:
— “Yo‘q, lekin mening tabiatim tortmaydi.”

Shunda Xolid ibn Valid r.a. uni bemalol yeganlar. Rasululloh ﷺ esa u kishining ishtaha bilan yeganlariga qarab o‘tirganlar — lekin ovqatni ayblamaganlar.

Rasululloh ﷺ hech qachon bir taomni ayblamaganlar. Agar xohlasalar, yerdilar; xohlamasalar — yemay qo‘yardilar. Ammo “ovqatdan soch chiqdi” deb malomat qilish, tanbeh berish, ovqatni tahqirlash — Rasululloh ﷺning sunnatlariga zid.

Agar ovqatdan ko‘p marta, davomli ravishda begona narsalar chiqsa, masalan, soch, plastik, yoki boshqa iflosliklar — bu holatga jiddiy e’tibor qaratish kerak. Shunda odilona tarzda, ilinj bilan ogohlantirish yoki muloyim gapirish joiz. Ammo shunchaki bir marta chiqqan soch uchun kimgadir malomat qilish, hafsalasini pir qilish yoki xafa qilish noto‘g‘ri.


Xulosa:

  • Tabiat ko‘tarmasa — yemasa bo‘ladi.

  • Lekin ovqatni ayblash, to‘kib yuborish, yoki isrof qilish — harom.

  • Bunday holatda ovqat boshqalarga berilishi afzal.

  • Rasululloh ﷺ hech qachon ovqatni ayblamaganlar — bu eng go‘zal sunnat.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025