Ustoz, yoshim 27 da, uylanganman, 3 nafar farzandim bor. Ota-onam bilan yashaymiz. Otam urushqoq xo‘rozlar yetishtirib, ularni xo‘roz urishtiradiganlarga sotadi. Shu yo‘l bilan pul topish joizmi?
Agar joiz bo‘lmasa, buni otamga qanday tushuntiray? Chunki otam juda jahldor inson, gapirishga ham qo‘rqaman.
Ikki yarim yildan beri men shu xo‘rozlar uchun kafelardan sarqit tashib yuraman. Shu sababli kech uxlayman, ba’zan unutib qo‘ysam, otam juda qattiq so‘kadi.
Bu ishni oxiratim uchun foydasiz deb o‘ylayman, lekin otamga hech narsa deyolmayman. Shu sabab ijaraga uy olib, alohida chiqib ketmoqchiman, lekin ota-onam bunga rozi bo‘lishadimi, bilmayman.
Alohida yashasam, ilm olishga va oilamga ilm berishga ko‘proq vaqtim bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki hozir ayolim birinchi o‘rinda ota-onamning, keyin esa mening aytganimni bajaradi.
Farzandlarimizni telefon va televizordan yiroq tutishga harakat qilamiz, ammo ota-onam ularni erkalab, ruxsat beraverishadi.
Ustoz, iltimos, maslahat bering, bu holatda nima qilay?
Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.
Savol :
Javob :
Xo‘roz urishtirish — gunoh va harom kasb, undan olinadigan daromad ham harom hisoblanadi. Siz imkon qadar bu ishda ishtirok etmaslikka va halol rizq topishga harakat qiling. Onangiz orqali otangizni ko‘ndirishga harakat qiling. Alohida yashash — sizga ham, oilangizga ham foydali bo‘ladi. Da’vatni hikmat bilan, yumshoqlik bilan qiling, sabr bilan kuting.
Maqola foydali bo’ldimi?
2