Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ota zimmasidagi qarzni to‘lash uchun o‘z farzandini sotishga haqlimi?

Ota zimmasidagi qarzni to‘lash uchun o‘z farzandini sotishga haqlimi?

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Ota zimmasidagi qarzni to‘lash uchun o‘z farzandini sotishga haqlimi? Turmush o‘rtog‘im “Shariat bo‘yicha farzand otaniki hisoblanadi, ona qarshilik qilishga haqli emas”, deyapti. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ota o‘z farzandini sotishga mutlaqo haqli emas. Shariatda hur odamni sotgan odam haqida og‘ir ogohlantirishlar bor. Qiyomat kuni Alloh taolo uch toifa odamga O‘zi dushman bo‘lishini aytadi. Ularning biri – hur odamni sotgan kimsadir. Vallohu a’lam.

Yo‘q, ota o‘z farzandini sotishga mutlaqo haqli emas. Hatto u farzand emas, o‘zini ham sotishga haqqi yo‘q. Masalan, bir inson: “Men bugundan boshlab qulman, meni falon pulga oldilar, endi bilganingizni qilinglar”, deb aytolmaydi. Chunki odam o‘z-o‘zini sotishga yoki qul qilishga haqli emas.

Bu – Allohga tegishli. Farzand ham, ota-onaning o‘zi ham Allohniki. Bizning jonimiz ham, ruhimiz ham Allohga tegishli.

Shuning uchun odam o‘z joniga qasd qilishi ham mumkin emas. Chunki bu Allohning mulkiga xiyonat hisoblanadi. O‘zini o‘ldirgan kishi katta gunoh – kabirani sodir etgan bo‘ladi.

Farzand ustidan otalik huquqi bor, ammo bu uni sotish yoki unga mulk sifatida munosabatda bo‘lish huquqini bermaydi. Farzand – sizning nomingizda bo‘lishi mumkin, lekin bu uni sotish, ekspluatatsiya qilish, go‘yoki mulkingizdek foydalanish huquqini bermaydi.

Masalan, “Go‘sht kerak bo‘lib qoldi, bolani so‘yib olay”, degan fikrni hech kim ilgari surolmaydi. Yoki “Farzandimning qo‘li kerak emas, kesib tashlayman”, deyishga ham hech kimning haqqi yo‘q. Chunki u inson – Alloh bergan ruhga ega hur (ozod) banda. Uni sotish, jismoniy zarar yetkazish – bu insoniylikka, shariatga zid.

Shariatda hur odamni sotgan odam haqida og‘ir ogohlantirishlar bor. Qiyomat kuni Alloh taolo uch toifa odamga O‘zi dushman bo‘lishini aytadi. Ularning biri – hur odamni sotgan kimsadir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025