Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ota-onaning ko‘nglini olish uchun tug‘ilgan kun va yubileylar nishonlasa bo‘ladimi?

Ota-onaning ko‘nglini olish uchun tug‘ilgan kun va yubileylar nishonlasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 13, 2025

Savol :

Ota-ona tug‘ilgan kun va to‘y yubileylarini nishonlashni xush ko‘rsa, ularning ko‘nglini olish uchun nishonlasa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatga zid bo‘lgan narsalarda, jumladan tug‘ilgan kun va yubileylarni nishonlashda ota-onaning ko‘nglini olish uchun ham qatnashishga ruxsat berilmaydi. Chunki bu — dinimizda bo‘lmagan, ota-bobolarimiz qilmagan odatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ya’ni, shariatga zid bo‘lgan narsalarda hech kimning ko‘nglini olish, rozi qilish uchun amal qilishga ruxsat berilmaydi.

Endi yubiley degan narsa — dinimizda bo‘lmagan, ota-bobolarimiz qilmagan odatdir. Bu bizga ruslardan kirib kelib, urf sifatida qabul qilingan narsadir. Yubiley — insonning yoshini nishonlash, “falon yoshga kirdi” deb marosim qilishdir. Lekin bu salafi solihinlarda bo‘lmagan narsa. Hatto yaqin tariximizda ham ota-bobolarimiz bunday ishlarni qilmaganlar.

Odatda bunday narsalar kimnidir ko‘nglini olish, rozi qilish uchun qilinadi. Agar siz ham qilsangiz, men ham qilsam, bu odat avj olib ketaveradi. Shuning uchun bunday ishlarga chek qo‘yish kerak. Ota-onaning ko‘nglini olish uchun albatta yubiley nishonlash shart emas. Ularga biror hadya olib bersangiz ham xursand bo‘ladilar. Yoki tushuntirib, buning aslida dinimizda yo‘qligini aytsangiz ham bo‘ladi.

Bunday narsalar jamiyatda salbiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, siz qilganingizdan keyin qo‘shningiz bolalariga: “Mana falonchilar ota-onasiga qilib berdi, sizlar esa menga qilib bermayapsizlar”, — deydi. Ularning imkoniyati bo‘lmasa, natijada jamiyatda hasad, nizo va norozilik paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda marosimlarning haddan ziyod ko‘pligi tufayli odamlar o‘zlarini qiynab qo‘yishmoqda. Bitta qizni uzatish uchun qancha marosimlar to‘planib ketgan: maslahat, to‘y, fotiha to‘yi, keyin yana kuyov-keldi, kelin-salom va boshqa urflar… Har birida katta xarajat qilinadi. Odamlar bu narsalarni xohlamasalar ham, “urf” bosimi sababli qilishga majbur bo‘lib qolishgan.

Shuning uchun bunday odatlarga chek qo‘yishimiz kerak. Agar biz hammamiz bunga bosh qo‘shib, bunday narsalarni qilmasak, odamlar ham asta-sekin: “Menga ham zarur emas ekan, bekorga xarajat qilgan ekanman”, deb tushunib yetadilar.

Shuning uchun ota-onaga yaxshilik qiling, ko‘nglini oling, lekin yubiley yoki tug‘ilgan kun kabi urfdan kirib kelgan ishlarda qatnashmang. Ularning ko‘nglini boshqa yo‘l bilan olish mumkin. Masalan, biror hadya olib bering, duoda eslang yoki umra safariga yuboring. Bu — ularning haqiqiy xursandchiligi va siz uchun ham savob bo‘ladi.


Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025