Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >San’atkorlar hayotiga havas bilan qarash.

San’atkorlar hayotiga havas bilan qarash.

Nashr sanasi: April 29, 2025

Savol :

Onam yoshligida san’at sohasida ishlagan, ammo kasalligi tufayli ishidan ayrilgan. Yotib qolganida, «San’atkorlar haqida kitob yozaman», deb meni ham yordamga chaqirgan edi. O‘sha paytda yosh edim. Keyinchalik otinoyilar bu ish haromligini aytishganda, «Katta pul sarfladim, pulimga va mehnatimga ichim achiydi», deb bu ishdan voz kechmadi. Hozir esa ahvoli yanada yomonlashgan. Hanuz shuncha nasihat qilsam ham, bu ishidan tavba qilmay, eski san’atkorlar bilan suhbatlashib, «Eh, falon unvonni ololmadim, falon darajaga chiqmadim», deb qoladi. Ba’zan san’at haromligini tushunib, tavba qilaman, degan kunlari ham bo‘ldi. Ammo san’atkorlarni telefonda ko‘rib, yana o‘sha hayotga havas qilib qoladi. Aslida o‘zi oz-moz Qur’on o‘qishni biladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi. Onamning ahvoli nima bo‘ladi, deb qo‘rqaman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Onangizga yaxshi gapirib, foydali nasihatlar va darslarni eshittiring. Shu yo‘l bilan onangizga haqiqatni tushunishiga yordam bering. Alloh taolo oxiratini yaxshi qilsin, gunohlarini mag‘firat qilsin, tavba qilishga muvaffaq qilsin, tavbasini qabul qilsin va dinini o‘rgatsin, qalbini ochsin. Mana shunday duo qiling onangiz uchun. Vallohu a’lam.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Endi, modomiki tirik bo‘lsa, hali umid bor. Hali ahvol yomon bo‘ladi, deb qo‘rqaman; hammamiz qo‘rqamiz, o‘zimiz uchun ham qo‘rqamiz. Hech kim birovga kafolat berolmaydi; hech kim o‘zini ham, boshqani ham kafolatlay olmaydi. Ya’ni o‘lgunimizcha hammamiz xatar ostidamiz. Alloh fitnadan asrasin.

Shuning uchun umidingizni uzmang. Onangizga yaxshi gapiring, unga duo qiling. Siz aytyapsizki, onangiz Qur’on o‘qishni biladi, ba’zan pushaymon ham bo‘lib qoladi. Bu — ilmi yetarli bo‘lmagani, nimaning foyda va zarar ekanini bilmagani sababli. Onangizga yaxshi gapirib, foydali nasihatlar va darslarni eshittiring.

Allohni tanitadigan darslarni eshittiring. Asmo va sifat darslarini, Allohning kimligini va din nimaligini tushuntiradigan darslarni eshittiring. Tafsir darslarini ham tinglashsin. Qur’onni ma’nosi bilan eshitib, ma’rifat paydo bo‘lsin. Shunda o‘zining zalolatini o‘zi anglab, chin tavba qiladi, inshaAlloh.

Shu yo‘l bilan onangizga haqiqatni tushunishga yordam bering. Alloh taolo oxiratini yaxshi qilsin, gunohlarini mag‘firat qilsin, tavba qilishga muvaffaq qilsin, tavbasini qabul qilsin va dinini o‘rgatsin, qalbini ochsin.

Mana shunday duo qiling onangiz uchun.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025