Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Onam har hafta qarindoshlar bilan dars o‘tkazadi va dasturxonga pul sarflaydi. Bu ish to‘g‘rimi yoki isrofmi?

Onam har hafta qarindoshlar bilan dars o‘tkazadi va dasturxonga pul sarflaydi. Bu ish to‘g‘rimi yoki isrofmi?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Ustoz, onam 10 tacha qarindoshlari bilan har hafta dars qilishadi. Darsi ziyofatga o‘xshaydi, dasturxon uchun 60 dollar ketadi. Shu ish to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Agar isrof qilinmasa va niyat yaxshi bo‘lsa, bu yaxshi ish. Qalbni keng tutib xizmat qilish kerak, Alloh baraka beradi.

Endi noto‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi, to‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi, holatga qarash kerak.

Birinchidan, onangiz ekan. Ikkinchidan, qarindoshlar ekan. 10 ta qarindosh bo‘layotgan bo‘lsa, 60 dollar ketsa, 10 kishi, onangiz bilan 11 kishi bo‘ladi, 60 dollar — bir kishiga 6 dollardan tushmoqda.

Ya’ni bu bo‘lib-bo‘linib qilinayotgan bo‘lsa kerak, bir kishi qilavermasa kerak buni.

Shuning uchun bunaqangi narsalarda ona ekan, sal yengilroq yondoshing, xizmatini qiling. Duosini olib qo‘ying, onangiz ham g‘animat — bugun bor, ertaga yo‘q.

Shuning uchun bunaqa narsalarni o‘rtaga chiqarib, “onam bunday qilyapti” demasdan, yaxshi xizmat qilsangiz yaxshi bo‘ladi.

Alloh taolo o‘zi baraka beradi. Rizq Allohdan — har qancha bo‘lsa ham, Alloh taolo o‘zi beradi.

Lekin isrof qilsa bo‘lmaydi, to‘g‘ri. Isrof bo‘lsa bo‘lmaydi. Ammo isrof qilmasdan, yeyinglar-ichinglar, isrof qilmanglar, degan.

Shu 10 ta odam qayerda bo‘lsa ham baribir ovqat yeydi-ku. Uyda ham yeydi.

Ham yana ular qarindosh ekan. Shuning uchun bu ishda silai rahm (qarindoshlik aloqalarini bog‘lash) bo‘ladi, savob va ajr bo‘ladi, insha Alloh.

Qalbingizni keng qiling, insha Alloh, Alloh taolo baraka beradi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025