Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Olingan qarzni dadasi o’rniga o’g’li to’lasa va qirg’iz so’mida (Ikki tomon roziligi bilan) dollarning ekvivalentida bersa riba bo’lib, qo‘lma-qo‘llik sharti buziladimi?

Olingan qarzni dadasi o’rniga o’g’li to’lasa va qirg’iz so’mida (Ikki tomon roziligi bilan) dollarning ekvivalentida bersa riba bo’lib, qo‘lma-qo‘llik sharti buziladimi?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ustoz, dadam amakimdan 5000 dollar qarz olgan va bu qarzni dollarda qaytarish haqida kelishilgan. Biz esa amakimga: “O‘zingiz dollar qilib olarsiz,” deb, qarzni oyma-oy qirg‘iz so‘mida, o‘sha kungi kursga qarab berib kelyapmiz.

Pul jinsi o‘zgarganda qo‘lma-qo‘llik bo‘lishi shart deb eshitganman. Dadam olgan qarzni men to‘lasam, qo‘lma-qo‘llik sharti buziladimi? Biz dollarda to‘liq tushunmaymiz, tanishlarimiz ham yo‘q. Shu sababli amakimga: “Tanishlaringiz orqali o‘zingiz almashtirib oling,” degandik.

Shu holatda ishimiz riba bo‘lmaydimi? Ikkala tomon ham bunga rozi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillahir rohmanir rohiym. Vas-salātu was-salāmu ‘alā Rasūlillāh, ammā ba’d. Yo‘q, bu holatda riba bo‘lmaydi. Bu ish joizdir. Ya’ni har berganingizda shu kundagi kurs bilan hisoblab, dollarning ekvivalentini berganingizda, bu amalda qo‘lma-qo‘llik bo‘ldi hisoblanadi. Fatvo sifatida aytamizki, bu ish mumkin. Bunda hech qanday muammo yoki riba yo‘q. Chunki qarz asosan dollarda olingan va siz dollarda qaytaryapsiz — faqat qirg‘iz so‘mi orqali, kursga qarab. Shunday ekan, bu holatda riba bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

Bismillahir rohmanir rohiym.

Vas-salātu was-salāmu ‘alā Rasūlillāh, ammā ba’d.

Yo‘q, bu holatda riba bo‘lmaydi. Bu ish joizdir.

Nega deganda, siz aytyapsiz: “Hozir qo‘lma-qo‘l bo‘lmayapti.” Masalan, 5000 dollarni amakingiz bir necha yil oldin bergan. Endi sizlar shu 5000 dollarni qoplash uchun, masalan, 100 dollarlik miqdorni qirg‘iz so‘mida topdingiz va har safar shu miqdordagi so‘mni berganingizda, bu “qo‘lma-qo‘l” deb hisoblanadi.

Ya’ni har berganingizda shu kundagi kurs bilan hisoblab, dollarning ekvivalentini berganingizda, bu amalda qo‘lma-qo‘llik bo‘ldi hisoblanadi.

Bu masalada hanafiy ulamolarning bir qoidasi bor: “Qarz berish — tabarru (ya’ni sovg‘a)dir ibtidoan (boshida), lekin muomala (almashtirish) bo‘ladi intihoan (yakunida).” Ya’ni, qarz olish jarayonida bu beg‘araz yordamdek bo‘lsa ham, to‘lash vaqtida hisob-kitobli savdoga o‘xshaydi.

Go‘yoki, siz dollarni hozir olayotgandek va hozir qaytaryotgandek bo‘lasiz. Fiqhiy tafsilotlarga chuqur kirilsa, bu masala yanada kengayadi. Ammo fatvo sifatida aytamizki, bu ish mumkin. Bunda hech qanday muammo yoki riba yo‘q.

Faqat shart shuki, har safar pul berganingizda:
“Men bugun falon so‘m berdim, bu so‘m hozirgi kurs bo‘yicha falon dollar bo‘ladi,” deb hisoblab boring. So‘ng bu miqdorni 5000 dollardan ayirib yozib boring. Chunki qarz asosan dollarda olingan va siz dollarda qaytaryapsiz — faqat qirg‘iz so‘mi orqali, kursga qarab.

Shunday ekan, bu holatda riba bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025