Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >O‘gay otam bilan yaxshi muomala qilishim shartmi? U bilan gaplashish majburiyatim bormi?

O‘gay otam bilan yaxshi muomala qilishim shartmi? U bilan gaplashish majburiyatim bormi?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Ustoz, onam aka-singillarim bilan boshqa shaharda yashashadi. Yaqinda onam bir insonga turmushga chiqdi. U kishi men va opamga: «Ona qizim, seni Alloh uchun yaxshi ko‘raman, ering senga nomahram bo‘lib ketsa ham men senga mahram bo‘lib qolaman», deydi.

Umrida biror marta ko‘rmagan birovning ikki bolali xotiniga shunday deyishi to‘g‘rimi? Axir u chin otamiz emas-ku?! Shu bois erim u kishi bilan gaplashishimni istamaydi.

Onam esa bizdan u insonga o‘z otamizdek muomalada bo‘lishimizni, farzandlari bilan tug‘ishgan singlimizdek gaplashib turishimizni talab qilaveradi. U kishi erim bilan bir-ikki ko‘rishgandan keyin orqamizdan har xil gap qildi. Farzandli bo‘lganimizda: «Kuyovim bir og‘iz nabira muborak bo‘lsin deb qo‘ng‘iroq qilmadi», deb onamga o‘pkalabdi. Axir bu uning nabirasi emas-ku!

Xullas, erimning jahli chiqib, gaplashib olish uchun unga telefon qilgan edi. Erim gap boshlashiga ham ulgurmay, u kishi juda yomon so‘kib ketdi. Ko‘p dilxiralik bo‘ldi.

Onam bizdan arazlab, erimni yomonlagani yomonlagan. Oxiri onam bilan ham gaplashmay qo‘ydik. Men ko‘p gapirdim onamga, ammo foydasi bo‘lmadi. O‘gay otamizga yaxshi muomala qilmaganimiz uchun bizdan arazlagan. Men esa o‘gay otani deb oilam buzilishini istamayman.

Ustoz, biz o‘gay otamiz bilan silai rahm qilishga, uning xurmacha qiliqlariga chidashga majburmizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: U bilan silai rahm qilish majburiy emas, lekin onangiz hurmati uchun yaxshi muomala qilish tavsiya etiladi.

Ya’ni u kishi bilan sizlar rahm qilish majburiyatida emassizlar. Lekin bu yerda ona bor. Onangiz eri bo‘lganidan keyin, onangiz shuni talab qilib turganidan so‘ng, onaga yaxshilik qilish yuzasidan uning turmush o‘rtog‘ini hurmat qilishlaringiz yaxshi bo‘ladi.

Bu — onaning hurmatidir. Shu sababli, u kishi sizga mahram bo‘ladi.

Endi “ona qizim” deb gapirgan bo‘lsa, o‘zini yaqin tutib gapirgan. O‘shanga yarasha “ha, yaxshi, mayli, rahmat” deb qo‘ysangiz, hech nima kamaymaydi. Bu onangizning hurmati uchun qilinadi.

Eringiz ham bu narsani to‘g‘ri tushunsa yaxshi bo‘lardi. Siz ham hamma gapni eringizga shikoyat tarzida aytib, eringizni achchiqlantirmasligingiz kerak. Chunki ortada oila buzilishi kabi katta zararlar chiqishi mumkin.

Shu narsalarni yengil qilib olib, onangizni hurmat qilib, har zamonda bir yaxshi gapirib qo‘ysangiz, onangiz uchun yaxshi bo‘ladi. Chunki ko‘pchilik odamlar qizi yoki kuyovi hurmati uchun yaxshi muomala qilishga harakat qiladi.

Sizning holatingiz ham shunga o‘xshaydi.

O‘gay ota sizga mahram bo‘lib qoladi. Onangiz bilan yashaganidan keyin, hatto onangiz vafot etsa ham sizga qiyomatgacha mahram bo‘ladi.

Shu sabab, siz u kishi bilan qarindoshlik bog‘lamasangiz ham, onangizning hurmati uchun yaxshi muomala qilishingiz kerak.

Bunda siz ota roziligi uchun emas, balki onangizni hurmat qilish uchun muomala qilasiz. Chunki u onangizga turmushga chiqqan erkak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025