Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Odamni shartli ravishta ishga olish.

Odamni shartli ravishta ishga olish.

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Ustoz, birovni ishga olayotganimda shunday shart qo’ysam bo’ladimi: “Bu shaharda menga raqobatchi bo’lma. Agar shu ish bilan shug’ullanishni istasang, boshqa tumanda shug’ullan. Rozi bo‘lsang, ishni o‘rgataman”?

Agar bunga rozi bo‘lib ish boshlasa-yu, sir-asrorlarni o‘rganganidan keyin kelishuvga amal qilmasa, bu holatda hukm qanday bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Musulmonlar shartlashsa, rioya qilish lozim; foyda ketidan emas, xalq manfaati uchun halol ishlash kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Musulmonlar o‘zaro shartlashgan bo‘lsa, bunga rioya qilish kerak. Agar u kishi shartga rozi bo‘lib ishga kirgan bo‘lsa, va’dasiga sodiq qolishi lozim edi. Afsuski, odatda bu amal qilinmaydi. Chunki odam manfaatli joyda xo‘p-xo‘p deydi, hunarni o‘rganadi, keyin o‘z yo‘liga ketaveradi.

Shuning uchun sizga maslahatimiz: bu holatga asabiylashmang. Tijorat o‘z yo‘li bilan yuradi. Siz qilgan ishni shunchalik puxta va yaxshi yo‘lga qo‘yingki, u sizga raqobatchi bo‘la olmasin. Hatto yoningizda ochsa ham, sizning xizmat sifatingiz, narx siyosatingiz, mijoz bilan munosabatingiz orqali farqlanib turing.

Aslida raqobat xalq uchun foydali. Chunki raqobat bo‘lsa, narxlar tushadi, sifat oshadi, tanlov ko‘payadi. Agar siz boshqa hech kim bu ish bilan shug‘ullanmasin desangiz, bu monopoliya bo‘ladi. Natijada xalq zarar ko‘radi. Shariatda esa:

المنفعة العامة مقدمة على المنفعة الخاصة

“Umum manfaat, xususiy manfaatdan ustun turadi.”  

Shu sababli, siz o‘rgatgan odam ham shu sohada ishlasa, siz undan ko‘ra yaxshiroq ishlab, halol va pok niyatda bo‘ling. Niyatni to‘g‘rilang — maqsad boyish emas, xalqka manfaat yetkazish bo‘lsin. Shundagina baraka bo‘ladi. Dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar — hammasi shuni niyat qilib ishlasa, jamiyatda baraka va rohat bo‘ladi.

Ishchi bilan ishlayotganingizda ham, unga yaxshi maosh bering. Odam yaxshi ish sharoitida, hurmat ko‘rsa, sizni tark etmaydi. Unga sir bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani emas, halol hunarni o‘rgating. O‘rgansin, ishlasin, o‘z yo‘lini boshlab ketsin. Siz esa undan ko‘ra puxtaroq xizmat ko‘rsating, xalq foyda ko‘rsin.

Allohdan qo‘rqib, halol niyat bilan harakat qilsangiz, baraka boshqa tomondan kelaveradi. Xalq rizqlanayotgan bo‘lsa, sizga ham xayr, baraka, sog‘lik, farzandlar uchun duolar bilan qaytadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025