Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Odamlarning qachon o‘lishini aniqlab beradigan kashfiyot chiqibdi…

Odamlarning qachon o‘lishini aniqlab beradigan kashfiyot chiqibdi…

Nashr sanasi: December 31, 2025

Savol :

Ustoz, yaqinda bir yangi kashfiyot chiqqani aytilmoqda. Go‘yoki olimlar insonning qachon o‘lishini kuni va soatigacha aniqlab berar ekan. Ko‘p odamlar bunga ishonib qolishyapti. Iltimos, shu masalaga oydinlik kiritsangiz. Agar inson bunga ishonsa, dindan chiqadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala g‘ayb ilmiga kiradi. G‘ayb ilmini esa faqat Alloh biladi. Kim g‘ayb ilmini bilaman deb da’vo qilsa, bu ochiq-oydin zalolatdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Insonning qachon o‘lishini bilish faqat Alloh taoloning ilmidadir. Bu masala Qur’onda aniq bayon qilingan. Alloh taolo aytadi:

وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَاذَا تَكْسِبُ غَدًا ۖ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ بِأَيِّ أَرْضٍ تَمُوتُ
“Hech bir jon ertaga nima qilishini bilmaydi va hech bir jon qaysi yerda o‘lishini bilmaydi.”
(Luqmon surasi, 34-oyat)

Demak, bu masala g‘ayb ilmiga kiradi. G‘ayb ilmini esa faqat Alloh biladi. Kim g‘ayb ilmini bilaman deb da’vo qilsa, bu ochiq-oydin zalolatdir.

Hech kim qachon o‘lishini aniq ayta olmaydi. Hech kim ertaga nima bo‘lishini ham bilmaydi. Inson faqat shifokor sifatida tananing holatini, a’zolarning qanday ishlayotganini taxminiy tarzda aytishi mumkin. Ammo o‘limning qachon va qanday bo‘lishini aytish hech kimning qo‘lidan kelmaydi.

Masalan, inson sog‘lom yuribdi, ammo ertaga avariya bo‘lishi mumkin. Bir joydan yiqilib ketishi mumkin. Zilzila bo‘lib, minglab odamlar halok bo‘lishi mumkin. Yaqinda bo‘lgan zilzilalarda qancha odamlar halok bo‘ldi — buni oldindan kim bilardi?

Yoki inson nikohlangan, to‘y kechasi baxtli bo‘lishi kerak, ammo kutilmagan ofat bo‘lib ketishi mumkin. Urush bo‘lsa, kim o‘lishini, kim tirik qolishini hech kim aniq ayta olmaydi. Kasallik yoki virus tarqalsa ham, kim yashab qoladi, kim halok bo‘ladi — bu ham noma’lum.

Xullas, bu ish Allohning ishidir, g‘aybga taalluqlidir. Bunday narsalarni da’vo qilish ochiqdan-ochiq kufr hisoblanadi. Kimdir “inson o‘lim vaqtini aniq bilish mumkin” degan gapni haq deb tasdiqlasa, u g‘ayb ilmini bandaga nisbat bergan bo‘ladi va bu xavfli e’tiqoddir.

Ammo agar bu gaplarni johil odamlar bilmasdan aytayotgan bo‘lsa, ularga hukm chiqarilmaydi, balki tushuntiriladi, ta’lim beriladi, bu fikrning noto‘g‘riligi bayon qilinadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026