Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Odam tavba qilsa ham, qilgan ishi oxiratda taroziga qo‘yiladimi?

Odam tavba qilsa ham, qilgan ishi oxiratda taroziga qo‘yiladimi?

Nashr sanasi: September 9, 2025

Savol :

Ustoz, men sizning kulchanon haqida gapirgan videoingizni ko‘rgandim, ya’ni bir kishi 70 yil ibodat qilgan, keyin yetti kun zino qilib qo‘ygan, so‘ng tavba qilgan. Savolim shuki, u odam tavba qilgan bo‘lsa-da, qiyomatda zinosi taroziga qo‘yiladi, dedingiz.
Odam tavba qilsa ham, qilgan ishi oxiratda taroziga qo‘yiladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu g‘oyib xabari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Abu Musa al-Ash’ariy rivoyat qilgan hadisda aytilgan. Alloh subhanahu va taolo Qur’onda va’da qiladi: “Illaa man taaba, va aamana, va ‘amila ‘amalan solihan, fa ulaaika yubaddilullahu sayyiatihim hasanaat”, ya’ni kim tavba qilsa, iymon keltirsa va solih amal qilsa, Alloh uning yomon amallarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi. Bu odamniki nega taroziga qo‘yildi desa, Alloh taolo taroziga qo‘ysa ham, baribir uni kechirgan. Balki bu Allohning o‘z fazlini ko‘rsatishi uchun qilingan bo‘lishi mumkin.

Bismillah, alhamdulilloh, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d.
Bu g‘oyib xabari Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Abu Musa al-Ash’ariy rivoyat qilgan hadisda aytilgan. Ya’ni bu shunday bo‘ladi – qiyomat kuni turli holatlar bo‘ladi. Umuman olganda, agar Alloh taolo bandani kechirsa, u odam tavba qilgan bo‘lsa, gunohi yo‘qdek bo‘ladi. “At-taibu minaz-zambi kaman la zambalahu”, ya’ni tavba qilgan odam go‘yo gunohi bo‘lmagandek bo‘ladi.

Lekin bu odamniki nega taroziga qo‘yildi desa, Alloh taolo taroziga qo‘ygan bo‘lsa ham, baribir uni kechirgan. Balki bu Allohning o‘z fazlini ko‘rsatishi uchun qilingan bo‘lishi mumkin. Yoki boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun shunday qilgandir. Alloh Hakim Zotdir. Lekin nima bo‘lganda ham, kechirdimi – demak, kechirdi, uni do‘zaxga kiritmadi. Natijasi bir xil baribir.

Unday bo‘lsa, “nega taroziga qo‘ydi?” degan savol Allohga berilmaydi. Balki Alloh taolo boshqalarga ibrat bo‘lishi uchun shunday qilgan bo‘lishi mumkin. “Mana, aslida tarozi shunday edi, lekin Men kechirdim”, deb ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun bu masalada bizga kelgan xabar qanday bo‘lsa, shunday ishonamiz. Bu xabar aniq o‘sha odamga nisbatan shunday bo‘ladi. Lekin umumiy holatda, agar banda gunohidan chin qalbdan tavba qilsa, Alloh taolo uni kechiradi.

Bu – Allohning va’dasi. Chunki Alloh taolo aytadi: “At-taibu minaz-zambi kaman la zambalahu” – bu hasan hadisda keladi. Ya’ni gunohidan tavba qilgan odamning gunohi yo‘qdek bo‘ladi. Alloh subhanahu va taolo Qur’onda ham va’da qiladi: “Illaa man taaba, va aamana, va ‘amila ‘amalan solihan, fa ulaaika yubaddilullahu sayyiatihim hasanaat”, ya’ni kim tavba qilsa, iymon keltirsa va solih amal qilsa, Alloh uning yomon amallarini yaxshilikka almashtirib qo‘yadi.

Bu Allohning va’dasi. Va Alloh o‘z va’dasini albatta bajaradi.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Mahrdan kechishning savobi

    September 10, 2025
  • G‘azablangan holatda “qum taloqsan” desa taloq tushadimi ?

    September 10, 2025
  • Uydan ilon chiqsa nima qilish kerak?

    September 10, 2025
  • Ayol kishi har safar darsga borishi uchun eridan ruxsat so’rashi shartmi?

    September 10, 2025
  • Zinodan saqlanish uchun eslatma

    September 9, 2025
  • Qurbonlikka atalgan mol yoki qo‘yni so‘yib, go‘shtini narxini kelishib to’lasa bo‘ladimi?

    September 9, 2025