Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Odam alayhissalomdan oldin ham odamlar yashagan yoki yashamaganligi to’g’risidagi tahminlarga munosabat

Odam alayhissalomdan oldin ham odamlar yashagan yoki yashamaganligi to’g’risidagi tahminlarga munosabat

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Ustoz, Baqara surasidagi “Farishtalar Allohga: ‘Yer yuzida fasod qiladigan va qon to’kadigan (mahluq)ni yaratasizmi?’ degan so’zlardan kelib chiqib, ba’zi tanishlarim: ‘Demak, Odam alayhissalomdan oldin ham odamlar yashagan, bo‘lmasa farishtalar nega bunday savol beradi?’ degan fikrga kelishmoqda.
Men ularga: ‘Bu yerda jinlar haqida gap ketmoqda’, degan ulamolarning so‘zini aytsam ham, ular: ‘Yo‘q, bu odamzod haqida, odamning qadimdan yashaganini fan ham tasdiqlaydi’, deyishmoqda.
Savolim shuki, ushbu oyat(lar) haqida dastlabki uch asr ulamolari (salaf ulamolari) o‘rtasida ixtilof bo‘lganmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh taolo bu haqda tafsilot bermagan. Agar bizga buni bilish foydali bo‘lganida, albatta, Alloh aytardi. Odam (a.s.) birinchi yaratilganmi yoki undan oldin ham bo‘lganmi – bu haqida Qur’on va sahih hadislarda aniq ma’lumot yo‘q. Shuning uchun aniq dalil yo‘qligi sababli qat’iy fikr aytish to‘g‘ri emas.

Alhamdulillah, vassalātu vassalāmu ‘alā Rasūlillāh, ammā ba’d.

Bo‘lishi mumkin. Tafsirlarda bu oyat tafsiri haqida ba’zi mulohazalar keltirilgan. Ya’ni, “Ataǰ‘alu fīhā man yufsidu fīhā va yasfiku d-dimā?” oyatining tafsirida ulamolar: “Farishtalar odamlar qon to‘kishini qayerdan bildi?” degan savolni muhokama qilishgan.
Ba’zilar: “Ehtimol, farishtalar Odam alayhissalomdan oldin yerda yashagan jinlar yoki boshqa mavjudotlarning holatidan buni bilgan bo‘lishlari mumkin”, deyishgan. Bu faqat ehtimol, aniq dalil esa yo‘q.

Shuningdek, ba’zi mufassirlar: “Farishtalar Alloh taoloning ‘Men yerda xalifa yarataman’ degan so‘zidan uning sinov uchun yaratilishini tushunib, undan fasod chiqishini anglagan bo‘lishlari mumkin”, deydi. Bularning barchasi taxmin. Ya’ni, bu oyatdan aniq tarzda “Odamdan oldin ham odamlar yashagan” degan xulosa chiqmaydi.

Alloh taolo bu haqda tafsilot bermagan. Agar bizga buni bilish foydali bo‘lganida, albatta, Alloh aytardi. Necha bor inson yaratilgani, Odam (a.s.) birinchi yaratilganmi yoki undan oldin ham bo‘lganmi – bu haqida Qur’on va sahih hadislarda aniq ma’lumot yo‘q. Shuning uchun bu mavzuda ortiqcha tortishuv, talashning foydasi yo‘q.

Farishtalar aytgan so‘z – haqiqatga to‘g‘ri kelgan, bu Alloh taoloning ilmiga asoslangan. Qayerdan bilganini biz aniq bilmaymiz – Allohu a’lam. Ehtimol, bu o‘sha avvalgi jinlar sababli bo‘lishi mumkin.

Xulosa shuki, bu masalada ixtilof bo‘lishi mumkin, ammo aniq dalil yo‘qligi sababli qat’iy fikr aytish to‘g‘ri emas. Bu – “ortiqcha ilm” toifasiga kiradi, ya’ni bilgan bilan foyda bermaydigan, bilmagan bilan zarar qilmaydigan narsadir.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025