Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Noshar’iy to‘ylarga qatnashish joizmi?

Noshar’iy to‘ylarga qatnashish joizmi?

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Ustoz, do‘stlardan ajralib qolmaslik uchun noshar’iy to‘ylarga qatnashish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatni hech bir faqih olim joiz deb aytmaydi. Chunki Allohga osiy bo‘ladigan ishlarda hech kimga itoat qilinmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Umuman olganda, bu ish shar’an joiz emas. Bunday holatni hech bir faqih olim joiz deb aytmaydi. Chunki Allohga osiy bo‘ladigan ishlarda hech kimga itoat qilinmaydi. Do‘stlardan ajralib qoladimi, erdan, xotindan, ota-onadan, yoki jamiyatdan ajraladimi – baribir, Allohga osiy bo‘lishda bularning hech biriga qaralmaydi.

Biz birinchi navbatda Alloh Robbul ‘Alaminning roziligini izlashimiz kerak. Chunki u bizni yaratgan, rizqimizni bergan, har bir hojatimizni bajo keltiruvchi zotdir. Do‘stlaringiz sizga bu dunyoda do‘stlik qiladi, xolos. Agar ular tufayli siz Allohni rozi qilolmay qo‘ysangiz, o‘zingizga eng katta zulmni o‘zingiz qilgan bo‘lasiz.

Agar inson Allohni yo‘qotsa, u nima topgan bo‘ladi? Agar butun dunyo do‘st bo‘lsa-yu, Allohning g‘azabiga uchrasa, bu do‘stlarning biron foydasi tegmaydi. Oxir-oqibat, ular faqatgina sizni ko‘mish uchun keladi, xolos.

Shuning uchun insonning birinchi g‘ami — Allohni rozi qilish bo‘lishi kerak. Agar Alloh rozi bo‘lsa, odamlarning qalbini sizga moyil qiladi. Sizni insonlarga suyukli qilib qo‘yadi. Qur’onda aytilgan:

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ سَيَجْعَلُ لَهُمُ ٱلرَّحْمَـٰنُ وُدًّۭا ٩٦

“Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Rohman muhabbat paydo qilur.”

Rasululloh ﷺ butun insoniyat tomonidan yaxshi ko‘riladi — nega? Chunki Allohni rozi qilganlar. Sahobalarni nega yaxshi ko‘ramiz? Chunki ular hayotini Alloh roziligi yo‘lida o‘tkazgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy – ularni ham Alloh roziligini istaganliklari uchun yaxshi ko‘ramiz.

Demak, kim Allohni rozi qilsa, dunyo uni ham yaxshi ko‘radi. Kim Allohni yo‘qotsa, hamma narsani yo‘qotadi. Kim Allohni topgan bo‘lsa, hech narsani yo‘qotmagan bo‘ladi.

Alloh taolo hammamizga O‘z roziligini istaydiganlardan bo‘lishni, tavfiq va sabr-iroda bersin. Āmīn.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025