Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Nogiron homilani oldirish hukmi.

Nogiron homilani oldirish hukmi.

Nashr sanasi: December 22, 2025

Savol :

Ustoz, uch-to‘rt nafar tajribali shifokor qorindagi homilaning nogiron tug‘ilishi mumkinligini aytib, uni oldirishni tavsiya qilgan bo‘lsa, homilani oldirish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar homila to‘rt oylikdan (120 kundan) oshgan bo‘lsa, ya’ni unga ruh puflanganidan keyin bo‘lsa — homilani oldirish mutlaqo joiz emas. Bu holatda homilani oldirish insonni o‘ldirish bilan barobar bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar homila to‘rt oylikdan (120 kundan) oshgan bo‘lsa, ya’ni unga ruh puflanganidan keyin bo‘lsa — homilani oldirish mutlaqo joiz emas. Bu holatda homilani oldirish insonni o‘ldirish bilan barobar bo‘ladi.

Faqat bitta istisno zikr qilinadi:
Agar ishonchli mutaxassislar onaning hayoti aniq xavf ostida ekanini aytsalar, ya’ni “agar homila olib tashlanmasa, ona halok bo‘ladi”, degan holat bo‘lsa, onaning hayotini saqlab qolish uchun homilani oldirishga ayrim ulamolar ruxsat bergan. Lekin bu masalaning o‘zi ham ixtilofli.

Ammo agar:

  • onaga real xavf yo‘q bo‘lsa,

  • faqat “bola nogiron tug‘ilishi mumkin” degan taxmin bo‘lsa,

bu holatda homilani oldirish mutlaqo joiz emas.

Birinchidan, shifokorlarning bu gaplari ko‘pincha taxminiy bo‘ladi, aniq bo‘lmaydi. Qancha holatlarda shifokorlar:

  • “bola nogiron bo‘ladi”,

  • “miyasi rivojlanmagan”,

  • “og‘ir nuqson bilan tug‘iladi”

degan, ammo oxir-oqibat butunlay sog‘lom bolalar tug‘ilganiga ko‘plab misollar bor. Bunga ko‘pchilik, jumladan o‘zimiz ham guvoh bo‘lganmiz.

Ikkinchidan, hatto shifokorlar 100 foiz aniq nogiron bo‘ladi desa ham, bu:

“Nogiron bolani o‘ldirish mumkin”,
degan ma’noni anglatadi.

Bu esa juda xavfli va ochiqdan-ochiq noto‘g‘ri xulosa. Chunki bu yo‘l bilan:

  • jamiyatni “tozalash”,

  • nogironlardan “qutulish”,

  • “ular foyda keltirmaydi” degan fikrlar paydo bo‘ladi.

Kim bunday fatvoni bera oladi?

Alloh taolo bolani qanday yaratgan bo‘lsa, ota-ona sabr qilishi lozim. Nogiron farzand:

  • ota-onasi uchun sabr sababchisi,

  • gunohlarga kafforat,

  • hayotga baraka bo‘lishi mumkin.
    Bunda ko‘plab hikmat va yashirin yaxshiliklar bor.

 To‘rt oydan oldingi holat:

Agar homila to‘rt oydan oldin bo‘lsa, ulamolar o‘rtasida ixtilof mavjud:

  • ayrim ulamolar: “Bola shakllana boshlagandan keyin umuman bo‘lmaydi”, deydi;

  • ba’zilar: “80 kundan keyin bo‘lmaydi, chunki homila shakllanadi (mukhallaqa bo‘ladi)”, deydi;

  • ba’zi fuqaholar esa 80 kungacha ayrim holatlarda ruxsat bo‘lishi mumkin, degan.

Lekin 120 kundan keyin, ya’ni ruh puflangandan so‘ng — bunda ittifoq bor:
Homilani oldirish mumkin emas.

Amalda esa shifokorlar odatda homilaning nogironligini kechroq, ya’ni homila shakllanib, ruh puflangandan keyin aniqlashadi. Shu sababli bunday holatlarda homilani oldirish joiz bo‘lmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qaynona, qaynota va erning yaqinlarining kelin ustida haqqi bormi?

    January 11, 2026
  • Sochning yon tomonlarini qirib, tepasini qoldirish hukmi.

    January 10, 2026
  • Vino uchun yetishtiriladigan uzumzorda ishlash joizmi?

    January 10, 2026
  • Ayol o‘zidan yoshi kichik xolavachchalari oldida hijobsiz yurishi.

    January 7, 2026
  • Qabrni ko‘chirish hukmi.

    January 7, 2026
  • Erimdan ko‘nglim sovigan, u esa yarashmoqchi…

    January 4, 2026