Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nega sahobalarni “otamiz” deyilmaydi

Nega sahobalarni “otamiz” deyilmaydi

Nashr sanasi: April 8, 2025

Savol :

Nega “Xadicha onamiz” yoki “Fotima onamiz” deymiz, lekin biron erkakni, masalan, Abu Bakr yoki Umar raziyallohu anhumoni “otamiz” demaymiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buni hech qanday bir “aytmanglar” degan joyi yo‘q, “aytinglar” degan joyi ham yo‘q. Urfda shunday bo‘lib, hurmat tarzida aytilgan narsa, vallohu a’lam.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Avvalambor, Alloh sizni yaxshi ko‘rsin. Alloh Taolo o‘zi toatida, istiqomatida bardavom qilsin. Endi bu urfda shunday shakllantib qolgan narsa.

Masalan, Fotimani va Xadichani “onamiz” deb aytishadi. Biroq, Xadicha onamiz Rasulullohning ayollari bo‘lganligi uchun, mo‘minlarga ona hisoblanadi. Bu to‘g‘ri ma’noda, ya’ni boshqa ummul mo‘minin Rasulullohning ayollari hammasi ona hisoblanadi.

Lekin, Fotima onamizga nisbatan qaraydigan bo‘lsak, u ummul mo‘minin emas. Lekin boshqa ayollardan farqli o‘laroq Rasulullohning qizi ekanligi bilan farq qiladi. Bu ona deyilganligi hurmat yuzasidan, masalan, Maryam onamiz, Zaynab onamiz deyilgani kabidir.

Shu tarzda hurmat ma’nosidagi gaplar bo‘ladi. Boshqa ulug‘ kishilarga ham bizning urfimizda ham bor masalan, “ota”, “Abdurahmon ota”, “Ergash ota” degan iboralar ham ulug‘larni ismlariga nisbatan ishlatiladi, bu hurmat ma’nosida. Misol uchun, “bobo falonchi”, “bobo pismonchi” degan iboralar ham ishlatiladi.

Buni hech qanday bir “aytmanglar” degan joyi yo‘q, “aytinglar” degan joyi ham yo‘q. Urfda shunday bo‘lib, hurmat tarzida aytilgan narsa, vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025