Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Nasl, shajaralar va johiliyat sassiqligi haqida

Nasl, shajaralar va johiliyat sassiqligi haqida

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, mening bir tanishim o‘zini xo‘jalar naslidan deb hisoblaydi va ismiga “xon” so‘zini qo‘shib aytishni talab qiladi. Masalan, “Umar” emas, “Umarxon” deb aytishni to‘g‘rilaydi. Bu hol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansorlar va muhojirlarga aytgan: “Bu gaplar johiliyat sassiqliklaridan. Bunday qilmanglar,” degan hadislariga to‘g‘ri keladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday holatni shunchalik darajada qattiq talqin qilish kerak emas. Ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni ansorlar bilan muhojirlar bir-biriga qarshi chiqib, urushmoqchi bo‘lgan paytda aytgan edilar. Musulmonlarni tafriqaga olib keladigan har qanday narsa johiliyat sassiqligi hisoblanadi. Lekin odam o‘z naslini, shajarasini bilsa — bu yaxshi narsa. Yomon narsa esa tarafkashlik — johiliyat sassiqligidir. Alloh taolo Qur’onda aytadi: “Sizlarning eng hurmatlilaringiz — eng taqvodor bo‘lganlaringizdir.” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham: “Arabning ajamdan, ajamning arabdan ustunligi yo‘q. Faqat taqvo bilangina farq qiladi,” deganlar. Xulosa qilib aytganda: Agar bu narsa naslni bilish o‘zini tanitish uchun, tarixni saqlash uchun bo‘lsa — bu yaxshi. Ammo kibr, ustunlik, tarafkashlik uchun bo‘lsa — bu johiliyat sassiqligidir. Allohu a’lam.

Bismillahi vas-solatu vas-salamu ‘ala Rasulillah. Ammo ba’d:

Yo‘q, bunday holatni shunchalik darajada qattiq talqin qilish kerak emas. Ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni qachon aytgan edilar? U zot bu gapni ansorlar bilan muhojirlar bir-biriga qarshi chiqib, urushmoqchi bo‘lgan paytda aytgan edilar.

Agar bizda ham shunday holat bo‘lsa, masalan, “xo‘jalar bu tomonga”, “to‘ralar u tomonga”, “qoralar bu yerga”, “qullar biz bilan”, deb taraflarga ajratilsa, “kim bizga do‘st bo‘lsa shu yerdan, dushmanimiz u yoqda” deyilsa — mana bu johiliyat sassiqligi bo‘ladi.

Musulmonlarni tafriqaga olib keladigan har qanday narsa johiliyat sassiqligi hisoblanadi. Hatto ansorlik yoki muhojirlik nomi ostida bo‘lsa ham, agar bu tafriqaga sabab bo‘lsa, demak, bu johiliyatdan bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng maqtovli bo‘lgan muhojir va ansorlar haqida gapirganda ham, agar tafriqa chiqsa, bu johiliyat deb aytganlar.

Endi undan keyingi holatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shu narsa chiqadiki, “men hanafiyman, sen shofiysan”, yoki “men shofiyman, sen molikiysan” degan tarzda bir-birini kamsitish yoki hizblashish — bu ham johiliyat sassiqligiga sabab bo‘ladi.

Masalan: “Men falon hizbdanman, sen hizbdan emassan. Hizbdagilar do‘stimiz, hizbdan tashqaridagilar bizga dushman,” degan qarashlar paydo bo‘ldi. Ehvon bo‘lgan odam faqat ehvonchiga do‘st bo‘ladi, boshqasi unga do‘st emas. Bu tarafkashlik yomon oqibatlarga olib keladi.

“Bu tabliğchi, bu salafiy” degan nomlar bilan ajratib, kimki salafiy bo‘lsa va o‘z shayxidan dars olsa, u do‘st, boshqasi esa dushman sanalsa — mana bu tafriqadir. Nima narsa musulmonlar orasida tafriqaga olib keladigan bo‘lsa, u johiliyat sassiqligi bo‘ladi.

Siz aytgan holat ham mana shu kategoriya ichiga kiradi. Lekin, “xo‘jaman”, “to‘raman”, “ishonman” degan odamlar, agar bu so‘zlarni faqat naslga nisbat berib aytsalar, ya’ni o‘z naslini tilga olish maqsadida bo‘lsa, bu zararli emas. Chunki naslni tanish, nasabni bilish — bu Rasulullohning davrida ham, undan oldin ham, keyin ham muhim bo‘lgan.

Arablar orasida naslni bilish katta ahamiyatga ega edi. Hamma o‘z naslini bilgan. Bizda esa ruslar kelganidan keyin bu qadriyatlar yo‘qoldi. O‘tmishimiz unutildi, tariximiz o‘chirildi. Hammamiz “ishchi-dehqon, proletarlar” deb birlashtirildik.

Lekin odam o‘z naslini, shajarasini bilsa — bu yaxshi narsa. Yomon narsa esa, “mening urug‘im sendan yaxshi”, “men sendan afzalman”, “mening suyagim oq, seniki qora” kabi gaplardir. Bunday tarafkashlik — johiliyat sassiqligidir.

Alloh taolo Qur’onda aytadi:
“Sizlarning eng hurmatlilaringiz — eng taqvodor bo‘lganlaringizdir.”
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham:
“Arabning ajamdan, ajamning arabdan ustunligi yo‘q. Faqat taqvo bilangina farq qiladi,” deganlar.

Demak, kim o‘zini boshqalardan afzal ko‘rsatish uchun naslini tilga olsa — bu johiliyat. Lekin oddiy naslni bilish, shajarani tanish — bu shariatda man etilmagan, balki qadrlangan narsadir.

Masalan, sahobalar ham qaysi urug‘dan ekanini bilishgan. Bani Tamim, Bani Asad, Bani Umayya, Bani Hoshim kabi qabilalarga mansubligini aytishgan. Bu ajratish uchun emas, tanish uchun bo‘lgan. Naslni bilish — bu yaxshi narsa.

Xulosa qilib aytganda:
Agar naslni bilish o‘zini tanitish uchun, tarixni saqlash uchun bo‘lsa — bu yaxshi. Ammo kibr, ustunlik, tarafkashlik uchun bo‘lsa — bu johiliyat sassiqligidir.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025