Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Muzorabaga oid savol.

Muzorabaga oid savol.

Nashr sanasi: August 17, 2025

Savol :

«Bir do‘stim bilan sheriklikda ish boshladik. Do‘stim chet elda ishlaydi. U menga pul berdi, men esa uni aylantiraman. Do‘stim ishga aralashmaydi. U menga 10 000 dollar berib, “xisob-kitob qilganda 10 000 emas, 13 000 hisoblaymiz, va 13 000 dan ortiq foydani teng ikkiga bo‘lamiz” dedi.
Sababi: “Men Nasiyaga mashina olib, o‘sha mashinani sotib senga pulini berganman”, dedi. Shu ishi to‘g‘rimi? Ribo bo‘lib qolmaydimi?»

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ish noto‘g‘ri. Chunki sizga do‘stingiz aslida 10 000 dollar bergan bo‘lsa, hisobni ham shu miqdordan boshlash kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ish noto‘g‘ri. Chunki sizga do‘stingiz aslida 10 000 dollar bergan bo‘lsa, hisobni ham shu miqdordan boshlash kerak. U o‘zining oldin qanday qilib bu pulni qo‘lga kiritgani, mashina olib, sotgani, qo‘shimcha xarajat qilgani — bularning sizga hech qanday aloqasi yo‘q. Siz sheriklikni o‘sha berilgan miqdor — ya’ni 10 000 dollar asosida qilishingiz kerak.

Agar u: “Men mashina olib sotdim, 10 000 aslida menga 13 000 ga tushgan” desa ham, bu uning o‘z tarixi. Siz bilan sherikchilikda o‘sha tarixni ko‘tarib, ustiga qo‘yib hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Sheriklikda kim qancha pul qo‘shsa, o‘sha miqdor yoziladi va foyda ham shu miqdorga qarab taqsimlanadi.

Agar u mashinani qimmatga olib sotib, zarar qilgan bo‘lsa, bu zarar o‘z zimmasida qoladi. Siz sherik sifatida o‘sha tarixni ko‘tarishga majbur emassiz. Chunki bu ishni u siz bilan kelishmasdan, o‘zi qilgan. Sheriklik faqat sizga berilgan 10 000 dollardan boshlanadi.

Shuning uchun bu holatda 13 000 ni asos qilib olish va undan keyin foydani bo‘lish — ribo va noto‘g‘ri shart bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025