Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Haqiqatda bu narsani eshityapmiz — hamma joyda chiqyapti. Yevropalarda, boshqa joylarda odamlar “erkinlikni ta’minlab beramiz” degan da’vo bilan hatto odamlarni kuchukka aylantirib qo‘yayotganini ko‘ryapmiz. Demak, bu “erkinlik” degan narsa shu darajagacha borar ekan.
Ayollar tarafidan olinsa, bu “erkinlik” — feminizm degan narsa ularni foxshaga aylantiryapti, qarovsiz holatga olib kelyapti. Islomda esa ayol eng aziz holatda. Erkak kishi ularning holatidan xabardor bo‘ladi, ularni ehtiyojlaridan boshlab, yashash tarzigacha mas’ul bo‘ladi.
“Erkinlik” deyilgan g‘oyaning natijasi — ayol ko‘chada, tirikchilikni o‘zi qiladi, himoyasiz. Shuning orqasidan qancha ishlar chiqyapti — barchamiz guvohmiz. Endi bu — inson o‘zini kuchuk qilib, o‘zini operatsiya qilib, tanasini ham kuchukka aylantirayotgan darajaga yetdi.
Bunday insonlar betlariga jun qo‘ydirib, qo‘llarini kuchukniki qilib operatsiya qilib, o‘zini kuchuk qilib, bo‘yniga zanjir bog‘lab, ko‘chada sudralib yuribdi. Bu esa insoniyat uchun tubanlikning eng past darajasi, fitratga mutlaqo ziddir. Bu — ma’siyatlar, gunohlarning jazosi.
Alloh taoloning Qur’onda aytganidek, avvalgi ummatlardan ba’zilarini maymun va cho‘chqaga aylantirganidek, endi ba’zilar o‘zini kuchukka aylantiryapti. Bu Allohning jazosi. Faqat shaxsga emas — ota-onasiga, qarindoshlariga, mahallasiga bo‘lgan jazo.
Bu bolaning akasi kim? Otasi kim? Uni ko‘chada zanjir bilan yurishiga qarab turadigan mahallasi yo‘qmi? Bu — butun jamiyat uchun uyat, jamiyatni obro‘sizlantiradigan falokatdir. Bunday hollarni ko‘rgan imomlar, mahalla oqsoqollari, mahalliy yetakchilar jim qolmasligi kerak.
Kimning mahallasidan, kimning ko‘chasidan shunaqa kuchuk bo‘lib chiqqan bo‘lsa, uni tarbiyalash, bu yo‘ldan qaytarish kerak. Bu holat uchun davlat rahbarlari, mutasaddilar, mas’ul shaxslar javobgar. Bu ish na islomga, na shariatga, na o‘zbekligimizga to‘g‘ri keladi.
Bu — na qadriyat, na erkinlik. Bu — vahshiylik. Afsuski, bu illatlar bizga ham kirib kelyapti. G‘arbda bo‘lganini ko‘rib yurgan edik, endi o‘z diyorimizda ham chiqyapti. Alloh holatimizni isloh qilsin, bu balolardan asrasin.
Bu narsa ummatga, ayniqsa, bolaning ajdodlariga Allohning jazosi. Alloh Qur’onda aytgan: “Biz ulardan maymun va cho‘chqalarni qildik.” Endi ularning zurriyotidan kuchuk chiqyapti. Bu — bekor emas. Balki bobosi, otasi dinga xiyonat qilgan, xoin bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Allohning jazosi bilan uning zurriyotidan shunaqa chiqqan. Bu narsalarga jamiyat bo‘lib qarshi turish kerak. Bu — avvalo rahbarlarning, so‘ng masjid imomlari, mahalla kattalari va yoshlari zimmasidagi mas’uliyat.
Butun jamiyat bo‘lib, bunga qarshi turishimiz kerak. Bizda bunaqa illatlar diyorimizga kirishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bachavozlik ham xuddi shu illatlardan biri. Bunga ham hech kim yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Vallohu A‘lam.