Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Men o‘qishni xohlayman, lekin ota-onam ishlashimni istashyapti. Nima qilishim kerak?

Men o‘qishni xohlayman, lekin ota-onam ishlashimni istashyapti. Nima qilishim kerak?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Hozir 20 yoshdaman. Moliyaviy savodxonlik va vaqtni boshqarish kabi sohalarda chuqur bilim olishni xohlayman. Ammo oilam bu yo‘nalishdagi sarmoyani qimmat deb hisoblaydi va bu uchun pul sarflashga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, institutning o‘zi yetarli. Ammo men o‘qiyotgan institutimdan deyarli qoniqmayapman. To‘y-tomosha va shunga o‘xshash ishlarga bemalol pul sarflanaveradi, ammo ilm olishga kelganda qarshilik qilinmoqda.

Bundan tashqari, oilam chet elga chiqib ishlashimni xohlaydi — ularningcha bu tezroq pul topish yo‘li. Men esa ilm olish uzoq muddatda hayotim uchun ko‘proq foyda keltirishiga ishonaman. Shu bilan birga, to‘y, o‘yin-kulgi va boshqa shu kabi mashg‘ulotlarga muntazam qatnashmasligimdan ham norozi. Meningcha esa, hozirgi yoshimdagi vaqtimni bunday ishlarga sarflash o‘rinli emas. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutishimni maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sizning holatingizda eng muhim narsa — hayotingizga foyda keltiradigan ishga jiddiy yondashishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Sizning holatingizda eng muhim narsa — hayotingizga foyda keltiradigan ishga jiddiy yondashishdir. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“O‘zingizga foydali bo‘lgan narsaga intiling va Allohdan yordam so‘rang, sust bo‘lmang.” (Muslim, 2664)

Demak, dunyoviy va oxirat foydasi bor ishlarga hirs qilish — sunnatdir. Agar siz ilmni haqiqatan foydali deb bilsangiz, unga vaqt va kuchingizni sarflashingiz to‘g‘ri yo‘ldir.

Oilangizning e’tirozlariga keladigan bo‘lsak, bu odatdagi qarshiliklar bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda inson o‘z yo‘lini mustahkamlash uchun kurashishi, sabr bilan tushuntirishi va o‘ziga ishonch bilan harakat qilishi kerak bo‘ladi. Haqni ko‘pincha shunday berib qo‘yilmaydi, “haq olinadi”, ya’ni unga intilish bilan, mehnat bilan qo‘lga kiritiladi.

Shuningdek, sizda imkon bo‘lsa, ilm olish bilan birga o‘zingizga kichik daromad manbai topish, grantlar izlash, arzon yoki bepul onlayn kurslardan foydalanish, xalqaro stipendiyalarga ariza berish ham yaxshi yo‘ldir.

Xulosa:

  • Ilm — uzoq muddatli sarmoya.

  • Shoshmasdan, sabr bilan harakat qiling.

  • Tushuntirishlar orqali oilangizni asta-sekin ishontirishga harakat qiling.

  • Allohdan tavfiq so‘rang, niyatingiz pok bo‘lsa, yo‘l albatta ochiladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025