Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Maxfiy va jahriy zikrlarni qaysinisi afzal?

Maxfiy va jahriy zikrlarni qaysinisi afzal?

Nashr sanasi: May 21, 2025

Savol :

Ustoz, zikrlarni maxfiy yoki jahriy aytishning savobida farq bormi? Qanday aytgani afzal?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d. Eng yaxshi yo‘l — Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam)ning yo‘llaridir. U zot qayerda qanday zikr qilgan bo‘lsalar, biz ham shunday qilamiz. Agar zikr shakli mutlaqo ko‘rsatilmagan bo‘lsa — ya’ni aniq maxfiy yoki jahriy deb belgilanmagan bo‘lsa — unda inson qalbiga qaysi usul yaqin bo‘lsa, o‘sha usulda aytgani yaxshi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, amma ba’d.

Zikrlarning ba’zilari maxfiy aytiladi, va bu holat afzal hisoblanadi. Masalan, namozdan keyin aytiladigan “Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Allohu Akbar” kabi zikrlar bor-ku, Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) ularni maxfiy aytganlar. Shunday ekan, maxfiy aytiladigan zikrlarni maxfiy aytish lozim.

Masalan, uxlashdan oldin 34 marta “Allohu Akbar”, 33 marta “Subhanalloh”, 33 marta “Alhamdulillah” deb aytish zikri o‘rgatilgan. Bu zikrlar ham maxfiy aytilgan, shuning uchun maxfiy aytiladi. Jahriy aytilgan joylarda esa jahriy aytiladi.

Agar zikr shakli mutlaqo ko‘rsatilmagan bo‘lsa — ya’ni aniq maxfiy yoki jahriy deb belgilanmagan bo‘lsa — unda inson qalbiga qaysi usul yaqin bo‘lsa, o‘sha usulda aytgani yaxshi. Misol uchun, Naqshbandiya tariqatida zikrlar odatda maxfiy bo‘ladi, Yassaviya tariqatida esa jahriy bo‘ladi. Masalan, “Alloh, Alloh, Alloh” yoki “Allohu, Hu” deb jamoa bo‘lib jahriy zikr qilinadi.

Yassaviya tariqatida bu — jahriy zikr; Naqshbandiya tariqatida esa — maxfiy zikr deyiladi. Biroq bunday tariqatlarga oid uslublar Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) zamonlarida bo‘lmagan. Sahobalardan hech biri yig‘ilib, jamoaviy tarzda boshini qimirlatar ekan, tasbeh aytganlari rivoyat qilinmagan. Bu keyingi zamonlarda odamlar tomonidan o‘ylab topilgan va joriy qilingan uslublardir.

Hidoyatning eng yaxshisi — Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam)ning hidoyatlaridir. Har suhbatimizni shunday boshlaymiz: “Va xoyrul hadyi, hadyu Muhammadin sallallohu alayhi vasallam.”

Demak, eng yaxshi yo‘l — Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam)ning yo‘llaridir. U zot qayerda qanday zikr qilgan bo‘lsalar, biz ham shunday qilamiz. Rasululloh maxfiy qilgan joylarda maxfiy qilamiz, jahriy qilgan joylarda esa jahriy qilamiz.

Masalan, iyd kunlaridagi takbirlar — bu jahriy bo‘ladi. Sahobalar iyd kunlari bozorga chiqib, odamlarga eslatish uchun baland ovozda “Allohu Akbar, Allohu Akbar” deb takbir aytar edilar. Bu sunnat hozir ko‘p joylarda yo‘qolib ketgan.

Bundan tashqari, maxfiy yoki jahriy bo‘lishi farq qilmaydigan zikrlar bor. Bunday hollarda inson qalbi qaysisida rohat topsa, o‘sha usulda aytgani yaxshi.

Lekin aslida maxfiy zikr ixlosga yaqinroq. Jahriy zikr esa inson qalbini uyg‘otishga, ruhiy jo‘shqinlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun inson qalbiga qaysi usul yaqinroq bo‘lsa, o‘shani tanlashi ma’qul, deb hisoblaymiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025