Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Masjid qurish afzalmi yoki maktabmi?

Masjid qurish afzalmi yoki maktabmi?

Nashr sanasi: April 4, 2025

Savol :

Ustoz, masjid qurish afzalmi yoki maktabmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Masjid – bu Allohning uyidir va eng zarur joylardan biridir. Masjidning obodligi uning bezaklari bilan emas, balki ichida ibodat qiluvchi, ilm oluvchi solih insonlar bilan bo‘ladi. Shunday ekan, masjidni haddan tashqari bezash o‘rniga, maktab va madrasalar qurish afzalroq hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salavot va salomlar bo‘lsin.

Mutlaqo aytilganda, masjid – bu Allohning uyi va u afzal narsa hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

“Kim Alloh uchun bir masjid qursa, Alloh unga Jannatda bir uy quradi.”

Demak, masjid – Allohning uyi, va bu har doim kerak bo‘lgan joy.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga borganlarida birinchi qilgan ishlari masjid qurish bo‘lgan. Ya’ni, musulmonlar jamoasi uchun masjid maktabdan ham, shifoxonadan ham, hatto boshqa zarur joylardan ham muhimroq.

Lekin agar masjid allaqachon mavjud bo‘lsa, uni buzib, yangisini qurish yoki mavjud binoni haddan tashqari bezatib, qimmatbaho gilamlar, parda va bezaklar bilan isrof qilish – bu noto‘g‘ri hisoblanadi. Bu mablag‘larni maktab, bolalar bog‘chasi, yetimxona, yo‘l, yoki bolalar ta’limiga sarflash afzalroq bo‘ladi. Chunki bu ham muhim va kerakli ishlardandir.

Masjid bo‘lsa, uning obodligi odamlar bilan bo‘ladi. Yangi gilam solinib, bolalarni masjidga kiritmaslik – bu noto‘g‘ri yondashuv. Bolalar masjidga kelishi kerak, masjid faqat kattalar uchun emas. Masjidni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davridagi holatini eslasangiz, u joydan Abu Bakr, Umar kabi buyuk insonlar tarbiya topgan.

Demak, muhim narsa – bu tarbiya. Masjid o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak, lekin haddan ortiq bezak, parda, naqshlar – bular isrofga kiradi. Shariatda bu kabi isroflardan qaytarilgan.

Odam har bir narsani o‘z o‘rnida qadrlashi kerak. Maktab ham, masjid ham kerak. Lekin allaqachon mavjud bo‘lgan masjidni buzib, yangi qurish emas, balki mavjud imkoniyatlardan foydali foydalanish muhim. Yo‘l, maktab, gaz, chiroq – bular ham jamiyatga kerak bo‘lgan narsalar.

Eng muhimi esa – tarbiya. Odamning ongini, yuragini, Allohga qul ekanini tushuntirish – birinchi o‘rindagi vazifadir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tarbiyasi bilan shakllangan insonlardan bo‘lishga harakat qilish kerak.

Masjid kattaligidan emas, ichidagi odamlarning Allohga bo‘lgan aloqasi bilan obod bo‘ladi. Ichiga kirgan odam xotirjam bo‘lmasa, u yerda fitna bo‘lsa, odam masjidda o‘zini Allohning huzurida his qilmasa, demak bu masjid o‘z maqsadiga yetmagan bo‘ladi.

Allohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025
  • Musulmon odam do‘zaxda abadiy qoladimi?

    April 17, 2025
  • Go‘zal xulq bilan muomala qilish riyomi?

    April 17, 2025
  • Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

    April 17, 2025
  • Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

    April 17, 2025