Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

Nashr sanasi: June 4, 2025

Savol :

Ustoz, turmush o‘rtog‘im din yo‘lida qamalgan, uni ko‘rish uchun ikki oyda bir boraman. Yo‘limiz bir kunlik safar, ammo mening mahramim yo‘q. Shu holatda mahramsiz safarga chiqishim shar’an joizmi? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Imkon qadar mahram bilan yoki ishonchli ayollar bilan birga borishga harakat qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar boshqa muqobil imkoniyatlar bo‘lsa (ya’ni mahram bilan borish, yaqin kishidan yordam so‘rash), mahramsiz safarga chiqish joiz emas.

Lekin agar mahram topishning iloji bo‘lmasa, va siz fitnasiz, xavfsiz yo‘l bilan borib kelayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa erning holidan xabar olish, unga dalda bo‘lish niyatida bo‘lsangiz — bu zarurat hisoblanadi va shar’an ruxsat beriladi, in shā Alloh.

Shunga qaramay, imkon qadar mahram bilan yoki ishonchli ayollar bilan birga borishga harakat qiling. Chunki ayol kishining yolg‘iz safarga chiqishi Islomda jiddiy masala hisoblanadi.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025