Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Lombard sotuvga qo’ygan buyumlarni sotib olish joizmi?

Lombard sotuvga qo’ygan buyumlarni sotib olish joizmi?

Nashr sanasi: October 1, 2025

Savol :

Qarzga pul istaganlar lombardga tilla buyumlarini garovga qo‘yib, evaziga foizli qarz olishadi. Qarzini vaqtida to‘lay olmasa, lombard bu buyumlarni sotuvga qo‘yadi. Lombarddan bu tilla buyumlarni sotib olish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Lombarddagi oldi-berdi riboviy qarz asosida bo‘ladi. Lombard tomonidan sotuvga qo‘yilgan mol harom yo‘l bilan kelgan mol hisoblanadi. Shuning uchun bu narsalarni sotib olmaslik kerak.

Bismillah, alhamdulilloh, vassalatu vassalamu ala rasulillahi va ba’d.

Endi, bu aslida lombard degani — odamga qarz beradi, lekin riboga qarz beradi. Keyin qarzni foizi bilan to‘lay olmaganidan so‘ng, ular garovga qo‘yilgan tilla buyumlarni o‘zlashtirib olib, keyin uni odamlarga auksion qilib sotadi. Hozir so‘ralayotgan ham shu masala, to‘g‘rimi?

Agar shunday bo‘layotgan bo‘lsa, demak, lombarddagi oldi-berdi riboviy qarz asosida bo‘ladi. Bu — harom yo‘l bilan kelgan mol. Shuning uchun ulamolar aytishadiki, bunday to‘planib qolgan narsalarni sotib olmaslik kerak.

Bu xuddi g‘asb qilingan, birovdan tortib olingan narsani sotib olishga o‘xshaydi. Yoki ribo yo‘li bilan yig‘ilgan narsalarni sotib olish — ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berish bo‘ladi. Sotib olish uchun boshqa joylar yo‘q emas, halol manbalardan borib olish mumkin.

Shuning uchun bunday tashkilotlarga va ularning moliga aralashmaslik kerak. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025