Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kundoshim homilador bo‘lsa buni ko‘tara olmayman deb ota uyiga ketgan ayolning savoli.

Kundoshim homilador bo‘lsa buni ko‘tara olmayman deb ota uyiga ketgan ayolning savoli.

Nashr sanasi: January 4, 2026

Savol :

Ustoz, sakkiz yildan beri farzandim bo‘lmaydi. Erim ikkinchi ayolga uylandi. Men esa ota uyimga ketdim. Sababi, agar kundoshim homilador bo‘lsa, men buni ko‘tara olmayman. Sakkiz yil sabr qilib yashadim. Hozir ota uyimdaman, erim esa uyga qayt, deb chaqiryapti.

Maslahat bering, nima qilishim kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Umidingizni uzmang — farzandni beruvchi Allohdir, kech bo‘lsa ham berishi mumkin. Ajralishga shoshilmang — muammodan qochish emas, uni sabr bilan hal qilish afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, umidingizni uzmang. Alloh taolo — beruvchi Zot. Biz hayotda juda ko‘p ko‘rganmiz:
8 yil, 10 yil, hatto 15–16 yildan keyin ham Alloh farzand bergan holatlar bor. Shuning uchun umidsizlikka tushmang.

Ikkinchidan, sabablarni qiling. Ajralib ketishga shoshilmang.
Agar hali to‘liq tekshiruvlardan o‘tmagan bo‘lsangiz, shifokorlarga murojaat qiling. Bugungi kunda tibbiyotda turli yo‘llar bor, masalan, davolash, muolajalar orqali farzandli bo‘lish imkoniyatlari mavjud. Sababni qilish bandaning vazifasi, natijani berish esa Allohnikidir.

Mening maslahatim:

  • umidingizni uzmang,

  • sabablarni oxirigacha qilib ko‘ring,

  • Allohdan ko‘p duo qiling.

Shuningdek, eringizga itoat qiling, uyga qayting. Ammo u bilan ochiqchasiga gaplashing:
“Farzand bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha sabablarni qilaylik”, deb ayting.

Agar shifokorlar aniq aytsa-ki, farzand bo‘lishning umuman iloji yo‘q, unda:

  • bu Allohning taqdiri ekaniga tan bering,

  • sabr bilan eringiz bilan yashashga harakat qiling.

Agar eringiz farzandli bo‘lsa ham, Alloh sizga boshqa tomondan O‘z fazlini beradi. Chunki Alloh bir narsani olib qo‘ysa, albatta uning o‘rnini boshqa ne’mat bilan to‘ldiradi.

Xulosa qilib aytganda:

  • agar umid bo‘lsa, barcha sabablarni qiling;

  • agar umid bo‘lmasa, taqdirga rozi bo‘lib, sabr qiling;

  • har ikki holatda ham Allohdan ajramang.

Alloh taolo sizga kenglik, sabr va yaxshilik bersin.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026