Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kufr bayrog’i ostida majburan jang qilish.

Kufr bayrog’i ostida majburan jang qilish.

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Kufr bayrog‘i ostida, majburan jang qilish va o‘z jonini saqlash maqsadida boshqa bir kofirni o‘ldirishning hukmi nima?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Kufr bayrog‘i ostida jang qilish haqida Rasululloh ﷺ shunday deganlar: “Kimki (الرَّايَةُ الْعِمِّيَّةُ) roya immiya ostida jang qilsa, u johiliyat o‘lim bilan o‘ladi.” (Roya immiya — maqsadsiz, noaniq, Allohning kalimasini yuksaltirishga qaratilmagan bayroq demakdir.)

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Kufr bayrog‘i ostida jang qilish haqida Rasululloh ﷺ shunday deganlar:

“Kimki (الرَّايَةُ الْعِمِّيَّةُ) roya immiya ostida jang qilsa, u johiliyat o‘lim bilan o‘ladi.”
(Roya immiya — maqsadsiz, noaniq, Allohning kalimasini yuksaltirishga qaratilmagan bayroq demakdir.)

Ya’ni agar bir kishi Alloh yo‘lida emas, balki shunchaki siyosiy yoki milliy asosdagi urushda ishtirok etsa, u johiliyatdagi kabi o‘lgan bo‘ladi — bu esa harom o‘lim sanaladi. Alloh taolo inson hayotini bir marta beradi — uni behuda o‘lim bilan zoye qilmaslik kerak.

Shuning uchun musulmon kishi bu kabi vaziyatlarga iloji boricha aralashmasligi, bunday urush maydonlariga kirmasligilozim. Agar kishi majburiy safarbarlik yoki tahdid ostida shu holatga tushib qolsa ham, u joylarda hech kimni o‘ldirmaslik, fitnadan chetda bo‘lish yo‘lini izlash kerak.

Agar jon saqlash niyatida boshqa bir kofirni o‘ldirsa, bu holat shariatda aniq bayon qilinmagan, lekin iloj boricha fitnadan, o‘ldirishdan yiroq bo‘lish buyurilgan. O‘z jonini saqlash uchun ham harom ishlarga qo‘l urmaslik kerak.

Musulmon banda Allohdan panoh so‘rashi, doimo shunday fitna-yu urushlar orasidan najot so‘rashi lozim. Dunyoda bosim ostida qolgan, zaif va majburlangan birodarlarimizga ham Allohdan najot va yo‘l ko‘rsatish so‘raymiz. Ular uchun duo qilaylik:

Allohim, zaif musulmonlarga najot ber. Ularni zulm va fitnalardan qutqar. Ularga sabr, kuch va to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat. Amin.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026