Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Konditsioner o‘rnatish ishi bilan shug‘ullanish joizmi?

Konditsioner o‘rnatish ishi bilan shug‘ullanish joizmi?

Nashr sanasi: June 11, 2025

Savol :

Ustoz, konditsioner o‘rnatish ishi bilan shug‘ullanaman. Jumladan, banklar va restoranlarga ham konditsioner o‘rnatamiz. Shu joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala “sadd az-zari’a” degan qoidaga borib taqaladi. Ya’ni, siz qilayotgan ish odamlarni gunohga boshlashga vosita bo‘lyaptimi yoki yo‘qmi – ana shu jihatdan qaraladi. Agar taqvo yo‘lini tanlamoqchi bo‘lsangiz, shubhali joylardan saqlangan ma’qul.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi, amma ba’d.

Bu masala “sadd az-zari’a” degan qoidaga borib taqaladi.

Fuqaholar aytishgan: sadd az-zari’a — bu harom narsaga olib boradigan halol ishning yo‘lini to‘sib qo‘yish deganidir. Ya’ni, siz qilayotgan ish odamlarni gunohga boshlashga vosita bo‘lyaptimi yoki yo‘qmi – ana shu jihatdan qaraladi.

Shunga o‘xshagan masalaning biri — telefon sotish. Telefonni har xil odamlar sotib oladi: ba’zilar uni ibodatga ishlatadi, ba’zilar esa ma’siyatga (gunohga). Endi, telefonni ko‘pchilik gunohga ishlatadi deb, “telefon sotma, kompyuter sotma” deyish to‘g‘rimi?

Yo‘q, bu to‘g‘ri emas. Shu bois, sadd az-zari’a masalasida juda chuqur ketilmaydi. Agar o‘zingiz taqvo bilan ish tutmoqchi bo‘lsangiz, bu sizning tanlovingiz: ya’ni, shubhali joylarda ishlamaslik – bu taqvoga yaqinroq yo‘ldir.

Agar ochiq-oydin harom bo‘lgan joy bo‘lsa, masalan, (qattiqroq misol bo‘lsa ham aytamiz) biror fohishaxonaga borib: “fohishalar qiynalib ketdi, konditsioner o‘rnatib beraylik” desa kimdir – bunday joyga borib xizmat ko‘rsatasizmi? Albatta yo‘q. Buni har qanday musulmon odam inkor qiladi.

Demak, agar ishlayotgan joy ochiqdan-ochiq harom bo‘lmasa, unda bu ish joiz bo‘ladi. Ammo agar taqvo yo‘lini tanlamoqchi bo‘lsangiz, shubhali joylardan saqlangan ma’qul.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025