Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kofirlarga yaxshi muomala qilishimiz kerakmi?

Kofirlarga yaxshi muomala qilishimiz kerakmi?

Nashr sanasi: January 17, 2026

Savol :

Biz Amerikada ishlaymiz. Bu yerning xalqi bizga kulib, yaxshi muomala qiladi. Biz ham ularga shunday muomala qilsak bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, bo‘ladi. Siz biror joyga borib, u yerda ishlab, yashayotganingizdan keyin, ular bilan go‘yo omonlik (tinchlik) kelishuvi tuzgan bo‘lasiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bo‘ladi. Siz biror joyga borib, u yerda ishlab, yashayotganingizdan keyin, ular bilan go‘yo omonlik (tinchlik) kelishuvi tuzgan bo‘lasiz.

Ya’ni: siz menga tegmaysiz, men sizga tegmayman. Ular sizdan omonda, siz ham ulardan omondasiz. Siz o‘sha yerda qo‘shni bo‘lib, mahallada yashayapsiz yoki ishxonada birga ishlayapsiz. Demak, ular sizga tinchlik bergan, siz ham ularga tinchlik berib yashayapsiz.

Bunday holatda musulmon kishidan ularga nisbatan bo‘ladigan muomala — faqatgina yaxshi muomala va vafo bo‘lishi kerak.

Alloh subḥanahu va ta‘ala shunday deydi:

وَقُولُوا لِلنَّاسِ حُسْنًا
“Odamlarga yaxshi gapiringlar.”

Baqara surasi, 83-oyat
Bu buyruq faqat mo‘minlargagina emas, balki mo‘min-u kofirning barchasiga taalluqlidir.

Demak, siz aytayotgan holatda u odamlar siz bilan urush qilmayapti, sizga qarshi chiqmayapti. Aksincha, siz o‘zingiz ularning jamiyatiga kirib, u yerda yashayapsiz. Ular sizga omonlik berib turibdi. Shunday ekan, agar siz tomoningizdan ularga biror yomonlik yetadigan bo‘lsa, bu xiyonat bo‘ladi.

Masalan, ularning narsasini o‘g‘irlash, haqini bermasdan ketish yoki aldash — bularning barchasi xiyonatdir. Alloh subḥānahu va ta‘ālā xiyonatni harom qilgan va barcha insonlarga yaxshi muomala qilishni buyurgan.

Ammo jihod masalasi yoki urush masalasi — bu boshqa hukmlar doirasiga kiradi.

Agar siz u joyda yashashni xohlamasangiz, unda ularning orasida yashamang. Ammo siz hozir u yerga omonlik so‘rab kirgan kishisiz. Shunday ekan, o‘sha omonlik shartiga, o‘sha kelishuvga rioya qilish vojib bo‘ladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026