Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kofir sherigimning kartasi ishlamagani sababli aroqqa vaqtincha pul to‘lab berdim, keyin u menga pulni qaytardi. Bu bilan gunohga sherik bo‘lgan bo‘lamanmi?

Kofir sherigimning kartasi ishlamagani sababli aroqqa vaqtincha pul to‘lab berdim, keyin u menga pulni qaytardi. Bu bilan gunohga sherik bo‘lgan bo‘lamanmi?

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Ustoz, kofir sherigim aroq do‘konida kartasi ishlamay qolgani sababli mendan vaqtincha pul to‘lab turishimni so‘radi. Men to‘lab berdim, u keyin menga pulni qaytardi. Bu ishim gunohda sherik bo‘lish hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu holatda siz gunohda sherik bo‘lasiz. Aroqqa xizmat qilish harom bo‘lib, unga pul to‘lab berish ham bu gunohga yordam berish sanaladi. Tavba qilish va bu ishni qaytarmaslik lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu ishda gunohga sherik bo‘lasiz. Rasululloh ﷺ aroq bilan bog‘liq 10 toifa odamni la’natlaganlar — ichuvchisi, olib beruvchisi, sotuvchisi, to‘laydigani ham shular qatorida. Siz uni pul bilan qo‘llab-quvvatlagansiz. Bu orqali harom ishga vositachi bo‘lgansiz.

Xulosa:
Bu ishdan tavba qiling. Kelajakda bunday gunohda vositachi bo‘lishdan saqlaning.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025