Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ko‘chaga bo‘yanib chiqqan ayolni farishtalar la’natlaydimi?

Ko‘chaga bo‘yanib chiqqan ayolni farishtalar la’natlaydimi?

Nashr sanasi: August 18, 2025

Savol :

«Erkak kishi ayoliga: “Ko‘chaga bo‘yanmasdan chiq” deb aytsa, lekin ayol bo‘yanib chiqsa, farishtalar uni la’natlaydimi? Ko‘chaga bo‘yanib chiqadigan ayollarga nasihat qilsangiz.»

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺ dedilar: «Qaysi ayol xushbo‘y hid sepib, erkaklar hidini sezishi uchun ko‘chaga chiqsa, u zoniya hisoblanadi». (Imom Ahmad, Nasaiy, Tirmiziy)

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Rasululloh ﷺ aytganlar:

«Qaysi ayol xushbo‘y hid sepib, erkaklar hidini sezishi uchun ko‘chaga chiqsa, u zoniya (ya’ni zinoga moyil ayol) hisoblanadi».
(Imom Ahmad, Nasaiy, Tirmiziy rivoyati)

Demak, ayolning erining ruxsatisiz bo‘yanib yoki atir sepib ko‘chaga chiqishi juda og‘ir gunohdir. Bu ishni faqat er qaytargani uchun emas, balki Alloh taolo o‘zi qaytargani uchun ham tark etish kerak.

Alloh Qur’onda ayollarga hijobni buyurdi:

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّأَزْوَٰجِكَ وَبَنَاتِكَ وَنِسَآءِ ٱلْمُؤْمِنِينَ يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِن جَلَـٰبِيبِهِنَّ ۚ ذَٰلِكَ

Ey Payg‘ambar, juftlaringizga, qizlaringizga va mo‘minlarning ayollariga ayting: ustlariga yopinchiklarini o‘rasinlar!
(Ahzob surasi, 59-oyat)

Shariatdagi hijobning 8 ta sharti bor. Agar ularning bittasi yo‘qolsa, hijob o‘z hukmiy to‘liq shaklini yo‘qotadi. Masalan: gavdani to‘liq yopishi, ziynatni ko‘rsatmasligi, tor va jilovli bo‘lmasligi va hokazo. Afsuski, bugungi kunda “zamonaviy hijob” nomi ostida ko‘plab ayollar tor kiyim, bo‘yalgan yuz, jilvador ro‘mollar bilan chiqib, aslida erkaklarni o‘ziga jalb qilmoqda. Bu esa shar’iy hijob emas.

Ayol o‘zini kim uchun bo‘yaydi? Kimni jalb qilmoqchi? Agar uyidan tashqariga chiqqanda erkaklarning e’tiborini o‘ziga qaratmoqchi bo‘lsa, bu Rasululloh ﷺning og‘ir ogohlantirgan ishlaridan biridir.

Nasihat

Ey opa-singillar! Unutmang, siz qabrga qo‘yilayotganingizda erkaklarning ko‘zi tushmasin deb, ustingizni yopib ko‘tarishadi. Agar dunyoda Alloh buyurganidek hijob qilmasangiz, o‘sha paytdagi yopilishning nima foydasi bo‘ladi? Dunyo besh kunlik, ammo oxirat abadiydir.

Alloh taolo aytadi:

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ قُوٓا۟ أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًۭا وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ

Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni va ahli ayolingizni yoqilg`isi odamlaru toshdan bo`lgan o`tdan saqlang
(Tahrim surasi, 6-oyat)

Shuning uchun Allohdan qo‘rqaylik, haqiqiy shar’iy hijobni saqlaylik, o‘zimizni va oilamizni do‘zaxdan asraylik. Alloh taolo ayollarga or-nomus va hurmat uchun hijobni buyurgan.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025