Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Katta qarzi bor insonga nasihat qiling.

Katta qarzi bor insonga nasihat qiling.

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

Tanishim katta qarzga botgan. Bosim ostida qolib, har xil riboli yo‘llarga kirib qolyapti. Sizning darslaringizni eshitadi. Iltimos, unga nasihat va duo qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh ﷺ aytdilar: “Kimki odamlarning molini (qarzga) olib, uni to‘lash niyatida olsa, Alloh uning o‘rniga to‘lab beradi. Kim esa uni yo‘q qilish (to‘lamaslik) niyatida olsa, Alloh uni halok qiladi.” Sahih al-Buxoriy, 2387

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ﷺ: «مَنْ أَخَذَ أَمْوَالَ النَّاسِ يُرِيدُ أَدَاءَهَا أَدَّى اللَّهُ عَنْهُ، وَمَنْ أَخَذَهَا يُرِيدُ إِتْلَافَهَا أَتْلَفَهُ اللَّهُ»

“Kimki odamlarning molini (qarzga) olib, uni to‘lash niyatida olsa, Alloh uning o‘rniga to‘lab beradi. Kim esa uni yo‘q qilish (to‘lamaslik) niyatida olsa, Alloh uni halok qiladi.”
Sahih al-Buxoriy, 2387

 Bu qarz masalasi haqida Imom Buxoriy rohimahulloh “Sahih” kitoblarida alohida bob ajratganlar. U yerda qarzdor odam agar taqvo qilsa, Alloh unga baraka berishi haqida hadislar keltirilgan. Jumladan, Jabir ibn Abdulloh otalari Abdulloh ibn Haram bilan bo‘lgan voqeani keltirganlar.

Abdulloh ibn Harom Uhud jangidan oldin Jabirni chaqirib:
“Ey o‘g‘lim, menimcha men jangda birinchi shahid bo‘laman. Senga ikkita vasiyatim bor:

  1. Mening qarzimni to‘laysan.

  2. Singillaringni turmushga chiqarasan”, – deganlar.

U kishining to‘qqizta hali turmushga chiqmagan singillari bo‘lgan. Shunday qilib, Abdulloh jangga kirib shahid bo‘lganlar – Hazrati Hamza roziyallohu anhu qatori shahidlar safida.

Shundan keyin Jabir ibn Abdulloh qarzni to‘lashga harakat qilganini Imom Buxoriy bir necha joyda keltirganlar. Bu voqeadan oladigan saboq shuki: inson chin dildan “qarzimni to‘layman” deb harakat qilsa, Alloh unga o‘z yordam va barakasini beradi.

Bu narsani faqat Alloh biladi. Odamning niyatini va harakatini faqat Alloh biladi. Alloh u insonning moliga baraka beradi, yo‘llarini ochadi, sabablarni muhayyo qiladi.

Shuning uchun qarzdor odam:

  • yangi kiyim olmaydi;

  • zaruratdan ortiq ovqat yemaydi;

  • ehson-sadaqa qilmaydi;

  • safar-sayohatga chiqmaydi;

  • Umra yoki Hajjga borishi ham mumkin emas.

U shunchaki qattiq harakat qiladi. Butun daromadini qarzga beradi. Agar inson mana shu darajada harakat qilsa, vallohi, Alloh unga yordam beradi.

Lekin ko‘pchilik bunday qilmaydi. Qarasangiz, ba’zi qarzdor odamlar ko‘chada yuradi, safarlarda, umrada, hajda bo‘ladi. To‘y qiladi. Turli-tuman harajatlar qiladi. So‘rasangiz: “O‘g‘limni uylantirdim”, deydi. Holbuki, to‘y qilish unga joiz emas edi. Chunki bu odam qarzdor. Yig‘in qilib, pul topib, qarzni to‘lashi kerak edi.

Shuning uchun mening nasihatim shuki: agar inson “qarzimni to‘layman” deb chin yurakdan harakat qilsa, Alloh albatta yordam beradi.

Hadisda ham aytilgan:

“Alloh qarzdor bilan birgadir.”

Endi o‘ylang, siz qarzingizni to‘layman desangiz – yoningizda Alloh bo‘ladi! Bu va’da! Agar siz aldamchi bo‘lsangiz, yolg‘on gapirsangiz, Alloh siz bilan emas.

Ba’zi odamlar qarzni olganda juda go‘zal gaplar qiladi. Vada beradi. Keyin har safar telefon qilinsa, har xil bahonalar qiladi.
– “Bir haftadan keyin beraman.”
– “Molim sotilayapti.”…….

Shu tarzda bahona ustiga bahona, yil o‘tadi – lekin pul yo‘q. Bu odam – zolim. Bu odam – yolg‘onchi. Bu – munofiqlikdir. Alloh bu kabilarga baraka bermaydi.

Ammo kim chin dildan, sodiq holda harakat qilsa – Alloh u bilan bo‘ladi va qarzini to‘lashga yordam beradi.

Yana bir muhim narsa: odamlar orasida yolg‘onchi degan nom chiqsa, obro‘siga putur yetadi. Masalan, qizini birov so‘rasa, odamlar: “U yolg‘onchi, va’daboz, ishonchsiz,” deyishi mumkin. Bu esa katta muammo.

Shuning uchun:
Qarzdor odam mahkam tursin, yolg‘ondan yiroq bo‘lsin, Allohga suyansin. Alloh baraka bersin, qarzini ado qilishga yordam bersin.

Allohumma Amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025