Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Kar-soqov odamga shariatda uzr bormi?

Kar-soqov odamga shariatda uzr bormi?

Nashr sanasi: August 11, 2025

Savol :

Gapirolmaydigan va quloqlari ham eshitmaydigan odamga shariatda uzr bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar unga yetkazish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa va yetib borgan bo‘lsa, unda uzr yo‘q. Hozirgi kunda gunglar tili — ishora tili mavjud.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar unga yetkazish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa va yetib borgan bo‘lsa, unda uzr yo‘q. Hozirgi kunda gunglar tili — ishora tili mavjud. Agar shu til orqali unga yetkazib berish imkoniyati bo‘lsa va yetkazilgandan so‘ng u tushunsa, lekin amal qilmasa, unda uzr bo‘lmaydi.

Agar unga da’vat yetib bormagan bo‘lsa, demak unga Qur’on va Islom da’vati yetib bormagan hisoblanadi. Da’vat yetib bormagan odamda uzr bor. Qiyomat kuni ular haqida ulamolardan turli xil gaplar kelgan.

Ba’zi ulamolar aytishlaricha, ular qiyomat kuni imtihon qilinadi: Alloh taolo ularga maxsus payg‘ambar yuboradi va qiyomat maydonida buyruq beradi. Agar buyruqni bajarishsa, jannatga kiradilar, bajarmasalar, do‘zaxga tushadilar.

Shuningdek, da’vat yetib bormaganlar qatoriga — yoshligida vafot etgan bolalar, aqli joyida bo‘lmagan majnunlar, o‘ta qarilikda aql-idrokdan ayrilganlar ham kiradi. Agar da’vat yetib bormagan bo‘lsa, bu odam majnun hukmida bo‘ladi va qiyomat kuni ularga alohida muomala qilinadi.

Agar eshitmaydigan va gapira olmaydigan odam ishora tilini o‘rgangan bo‘lsa, va shu orqali Qur’on va Islom haqida yetarlicha ma’lumot olgan bo‘lsa, unda uzr yo‘q hisoblanadi. Chunki bu — unga o‘ziga xos tilda da’vat yetib borganidir. Agar aqli joyida bo‘lsa, Qur’onni tushunsa va fahmlasa, unda uzr ko‘tariladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025