“Farishtalar va jinlar odamning fikrini o‘qi oladimi?” degan savolga bergan javobingizdan tushunishimcha, ular insonning fikrini o‘qiy oladi. Savolim shuki, agar jinlar odamning fikrini o‘qiy olsa, nega Sulaymon (alayhissalom) vafot etganini faqat u zotning asosi (tayoq) sinib ketganidan keyin bildilar? Agar ular fikrni o‘qiy olishsa, u holda Sulaymon (alayhissalom) vafot etishi bilan bilishmasmidi? Shu masalani bog‘lay olmayapman.
Jinlar odamlar fikrini o‘qiy olsa, nega Sulaymon alayhissalom o‘lganida buni sezishmagan?
Savol :
Rasululloh ﷺ aytadilar: “Har bir odamga farishtalardan bir hamroh va jin-shaytonlardan ham bir hamroh qo‘yilgan.” Farishta doimo odamni yaxshilikka buyuradi, jin (shayton) lar esa yomonlikka undaydi.
Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Ha, savol mantiqli. Biroq Sulaymon (alayhissalom)ning holati boshqa odamlardan o‘zgacha bo‘lgan. U zotga jinlar yaqinlasha olmasdi. Alloh taolo ularga buni bilishga ruxsat bermaganidan keyin, ular buni bilolmaydi.
Rasululloh ﷺ aytadilar: “Har bir odamga farishtalardan bir hamroh va jin-shaytonlardan ham bir hamroh qo‘yilgan.” Farishta doimo odamni yaxshilikka buyuradi va yomonlikdan qaytaradi, ichidan maslahat beradi. Har bir odamda bu bor. Masalan, ichingizdan biror yaxshilik qilish fikri keladi yoki biror yaxshi ishga undovchi ovozdek xayol tug‘iladi — bu farishtaning nasihatidir.
Shuningdek, har bir odamga jinlardan bo‘lgan shayton hamroh qilingan. U esa doim yomonlikka undaydi: “Ura qol!”, “O‘ldir!”, “O‘g‘irla!”, “Gunoh qil!” — kabi vasvasalar beradi. Rasululloh ﷺ dan: “Sizda ham shunday shayton bormi?” deb so‘rashganda, “Ha, mendayam bor, lekin Alloh unga qarshi menga yordam berdi. U musulmon bo‘ldi va endi faqat yaxshilikka buyuradi” deganlar. Ba’zi rivoyatlarda: “Men undan salomat qolaman” — deganlari ham kelgan.
Demak, Rasululloh ﷺ ga shaytonlar yaqinlasha olmagan. Sulaymon (alayhissalom) ham xuddi shunday — Alloh taolo u zotga jinlarni bo‘ysundirib bergan. Shuning uchun ular u zotning ichiga kira olmagan, Alloh yashirib qo‘ygan narsani bilolmagan.
Misol: Shaytonlar ilgari osmonga chiqib, farishtalar orasidagi so‘zlarni tinglashar edi. Keyin Alloh taolo osmonga qo‘riqchilar qo‘ydi va ularni toshbo‘ron qilib haydadi. Shunda ular “Yerda qandaydir o‘zgarish bo‘ldi” deb butun yer yuzini kezib, Rasululloh ﷺ vahiy olayotganlarini ko‘rdilar. Demak, Alloh bildirmasa, ular bilmaydi.
Xuddi shunday, Yajuj va Majuj qayerda ekanini ham hech kim bilmaydi. Ular soni juda katta bo‘lsa-da, Alloh yashirib qo‘ygan. Agar Alloh yashirsa, hech kim ko‘ra olmaydi. Sulaymon (alayhissalom) holati ham shunday — Alloh himoya qilgan.
Ammo umumiy holatda — har bir insonda farishta ham, jin-shayton ham bor. Shayton qon aylanuvchi joyida aylanadi, vasvasa qiladi, niyatni buzishga harakat qiladi. Hadisda keladi: kim yaxshilik qilishga niyat qilsa va qilsa — o‘n savob yoziladi; niyat qilib, qilmasa — bitta savob yoziladi; yomonlikni niyat qilib qilmasa — hech narsa yozilmaydi; qilsa — bitta gunoh yoziladi. Demak, niyatlarni farishta ham, shayton ham biladi — lekin bu Alloh ruxsat bergan darajada, imtihon uchun.
Insonda hayvoniy xulq va nafs ham bor. Ba’zida odam tulki kabi ayyor, ba’zida maymun kabi taqlidchi bo‘lishi mumkin. Ibn Qayyim rahimahulloh bu masalani keng tushuntirgan. Bu Allohning irodasi, inson shunday yaratilgan. Allohdan “Nega?” deb so‘ralmaydi:
لَا يُسْـَٔلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْـَٔلُونَ ٢٣
U qilgan narsasidan so`ralmas. Holbuki, ular so`ralurlar.
(Al-Anbiyā, 21:23)
Alloh har bir insonning ikki yonida farishtalarni, oldi-orqasida qo‘riqchilarni, hamroh qilib shaytonni qo‘ygan. Qur’onda:
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّۭا شَيَـٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ
Shuningdek, har bir Payg`ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo`ydik.
(Al-An‘ām, 6:112)
Demak, hayot — imtihon. Er-xotin bir-biriga, qo‘shnilar bir-biriga, boy kambag‘alga, hokim xalqiga imtihon. Jin-shaytonning vasvasasi ham shu imtihonning bir ko‘rinishi. Lekin Alloh shaytonni yengish imkonini ham bergan. Masalan, Qur’onda: “Min sharri-l-waswāsi-l-khannās” — “Vasvasa solib, keyin yashirinadigan (shayton)ning yomonligidan (panoh tilayman)” deyiladi. “Khannās” — Alloh zikr qilinsa, qochib ketadigan shayton demakdir.
Shuning uchun zikr qilish orqali undan saqlanish mumkin. Ular kelajakdagi g‘oyibni bilmaydi, faqat hozirgi paytdagi ichki kechinmalarga ruxsat berilgan darajada kirishadi. Bu holatni telefon misolida tushuntirish mumkin: telefoningizga kimdir ulanib, hozirgi xabarlaringizni o‘qishi mumkin, lekin kelajakda yozadigan xabarlaringizni bilmaydi.
Vallāhu a‘lam.
Shayx Sodiq Samarqandiy
Maqola foydali bo’ldimi?