Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Jannatda Allohning jamolini ko‘rishni so’rab duo qilish

Jannatda Allohning jamolini ko‘rishni so’rab duo qilish

Nashr sanasi: June 17, 2025

Savol :

Men ko‘pincha: “Robbim, menga jannatni nasib qil va jannatdagi eng oliy ne’mating bo‘lmish jamolingni ko‘rishni ham nasib et,” deb duo qilaman. Chunki har juma kuni jannat ahliga Alloh o‘z jamolini ko‘rsatadi, deb eshitganmiz. Shunday duo qilishim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu to‘g‘ri duo. Siz eng ulug‘ ne’matni so‘rayapsiz. Alloh taolo Qur’onda va’da qilgan: “Yaxshilik qilganlarga husno (jannat) bor va ziyoda (yana ortiqcha ne’mat) bor.” Bu ziyoda – Allohning jamolini ko‘rishdir.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi, va ba’d.
Ha, albatta, bu to‘g‘ri duo. Hech qanday zarari yo‘q. Aksincha, siz eng ulug‘ ne’matni so‘rayapsiz.
Jannatga kirishning o‘zi katta ne’matdir. Jannatga kirgach, Alloh taoloning jamolini ko‘rish esa undan ham ulug‘roq ne’matdir. Alloh taolo Qur’onda va’da qilgan: “Yaxshilik qilganlarga husno (jannat) bor va ziyoda (yana ortiqcha ne’mat) bor.” (Yunus surasi, 26-oyat).

۞ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ ٱلْحُسْنَىٰ وَزِيَادَةٌۭ ۖ وَلَا يَرْهَقُ وُجُوهَهُمْ قَتَرٌۭ وَلَا ذِلَّةٌ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ ٢٦

Bu ziyoda – Allohning jamolini ko‘rishdir, deb tafsir qilingan.

Demak, siz Allohdan juda katta bir ne’matni so‘rayapsiz. Bu duoda hech qanday zarar yo‘q. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025