Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Jannat onalarning oyoqlari ostidadir”, boshqa bir hadishda esa: “Do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir”, deyilgan ekan. Bu ikki hadisni qanday tushunish kerak?

“Jannat onalarning oyoqlari ostidadir”, boshqa bir hadishda esa: “Do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir”, deyilgan ekan. Bu ikki hadisni qanday tushunish kerak?

Nashr sanasi: July 12, 2025

Savol :

Ustoz, bir hadisda: “Jannat onalar oyog‘i ostidadir,” deyilgan. Boshqa bir hadisda esa: “Do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir,” deyilgan ekan. Bu ikki hadisni qanday tushunish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Jannat onalarning oyoqlari ostidadir” — bu farzandlarga qaratilgan bo‘lib, onasini rozi qilgan kishi jannatga loyiq bo‘ladi. “Do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir” — bu ayollarning ba’zilari erlariga noshukrlik qilgani, haqlarni ado qilmagani sabab do‘zaxga tushishini bildiradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

“Jannat onalarning oyoqlari ostidadir” degani – bu gap farzandlarga qarata aytilgan. Ya’ni farzand onasini rozi qilsa, unga haq-huquqini ado etsa, u holda jannatga kiradi, deganidir.

“Do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir” degan hadis esa ayollar haqidagi xabardir. Ya’ni ayollarning ko‘pi do‘zaxga kiradi degani shundaki, birinchidan, ularning soni ko‘p. Ikkinchidan, ularning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladigan amallari ko‘proq sodir bo‘lmoqda.

Nima uchun do‘zaxga kiradi, degan savolga kelsak – hadisda aytilishicha, eng ko‘p sabab – eriga noshukrlik qilish. Ya’ni eri umr bo‘yi yaxshilik qilgan bo‘lsa ham, ayol bir ozgina ranjisa: “Vallohi, sendan hech yaxshilik ko‘rmaganman”, deb erining barcha yaxshiligini inkor qilsa, bu noshukrlik bo‘ladi va bu esa do‘zaxga olib boradigan sabab bo‘ladi.

Rasululloh ﷺ bu so‘zlarni ayollar ko‘p hollarda noshukrlik qilishini kuzatib aytganlar.

Demak, “jannat onalarning oyoqlari ostidadir” degan so‘z farzandlarga tegishli bo‘lsa, “do‘zax ahlining ko‘pi ayollardir” degan so‘z ayollarga tegishlidir. Masalan, bir ayol eri oldidagi vazifasini ado qilmay, noshukrlik qilib do‘zaxga kirib qolishi mumkin. Ammo u ayolning farzandi uni rozi qilib, xizmatini qilib, haqlarini ado etsa – o‘sha farzand jannatga kirishi mumkin.

Shunday qilib, bu ikki hadisda hech qanday ziddiyat yo‘q. Ulardan biri onaning farzand oldidagi maqomini bayon qilsa, ikkinchisi esa ayollarning ba’zi xatti-harakatlari natijasida qanday oqibatlarga olib borishini bayon qiladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025