Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Iymonni o‘rtaga qo‘yib Allohga qasam ichsa bo’ladimi?

Iymonni o‘rtaga qo‘yib Allohga qasam ichsa bo’ladimi?

Nashr sanasi: June 16, 2025

Savol :

Men ikkita tanishimni bir shubha asosida gumonlab, ikkisiga ham iymonlarini o‘rtaga qo‘yib, Alloh nomiga qasam ichishini talab qildim. “Agar aldasangiz, qiyomat kuni iymondan ajralgan holatda tirilasizlar”, dedim. Ular bu shartga “xo‘p” deb qasam ichishdi. Men talab qilgan bu shart shariatga muvofiqmi? Agar ular meni aldagan bo‘lsalar, iymonlaridan ajraladilarmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, insonlarni bunday qasamga undab, “iymondan chiqasiz”, “do‘zaxlik bo‘lasiz” kabi og‘ir so‘zlar bilan tahdid qilish noto‘g‘ri. Bunday qasam ichganlarning ham ishi noto‘g‘ri. Bunday gaplar asosan odamni aldayman deb aytilgan bo‘ladi va munkar so’zlar hisoblanadi. Shuning uchun bu kabi munkar so‘z va ishlardan yiroq bo‘lishga harakat qilish kerak.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi va ba’d.

Avvalo, insonlarni bunday qasamga undab, “iymondan chiqasiz”, “do‘zaxlik bo‘lasiz” kabi og‘ir so‘zlar bilan tahdid qilish noto‘g‘ri. Bu na sizning, na ularning ishi to‘g‘ri hisoblanadi.

Agar o‘sha shubha asosli bo‘lsa ham, sizga to‘g‘risi – masalani yumshoq yo‘l bilan hal qilish, ular noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa, tushuntirib, tavbaga chaqirish, “boshqacha yo‘l tutganing noto‘g‘ri edi” deb maslahat berish kerak edi. “Iymonsiz bo‘lib qolasiz, do‘zaxlik bo‘lasiz” deb turib qasam ichirish kimga foyda beradi?

Siz birodaringizni do‘zaxlik bo‘lishini xohlaysizmi? Allohning jannati keng. Imom Muslim rivoyat qilgan hadislarda keladi: “Jannatda oshishcha joy qoladi.” Hatto Alloh taolo bir xalqni yaratib, ular hech qanday amal qilmagan bo‘lsalar ham, jannatga kiritadi – bu Allohning fazlidan. Ya’ni jannat Allohning marhamati bilan to‘ladi, hatto ortib qoladi.

Shuning uchun Allohning keng rahmatini toraytirishga urinmaslik kerak. Do‘zax, iymonsizlik kabi tahdidli so‘zlar bilan birodaringizni og‘ir holatga solish kerak emas. Bu holat – noto‘g‘ri yo‘l. Shunday gaplarni aytgan bo‘lsangiz, bu xato gap bo‘lgan bo‘ladi. Iymonsiz bo‘ldi, degan hukm chiqarilmaydi.

Ba’zi faqihlar aytishgan: agar kimdir “Agar bu ish rost bo‘lsa, men yahudiy bo‘lay”, yoki “kofir bo‘lay”, desa va o‘sha gap yolg‘on bo‘lib chiqsa, bu kishi murtad (dindan chiqqan) bo‘ladi, deb. Ammo boshqa ulamolar bunga qarshi chiqqan va bu gapni munkar (qattiq inkor etilishi kerak bo‘lgan) so‘z deb baholashgan. Chunki bu kabi gaplar kofir bo‘lish niyati bilan emas, balki odamni aldayman deb aytilgan bo‘ladi. Niyat muhim – “Innamal a’malu binniyyat.”

Kelajak uchun aytilgan qasamlar (masalan, “agar yana bunday ish qilsam, kofir bo‘lay” degan) ham shunday hisoblanadi – bu qasam hisoblanadi, ammo bu so‘zlar munkar bo‘ladi. Musulmon odam bunday gaplarni aytmasligi kerak.

Shuning uchun “ular iymonsiz bo‘ldimi, yo‘qmi” degan masalaga chuqur kirishning hojati yo‘q. Muhimi – bu kabi munkar so‘z va ishlardan yiroq bo‘lishga harakat qilish kerak. Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025