Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Iymonim ziyoda bo‘lishi uchun nima qilay?

Iymonim ziyoda bo‘lishi uchun nima qilay?

Nashr sanasi: August 25, 2025

Savol :

Iymonim zaiflashib ketyapti. Namozlarim ham qazo bo’lyabti. Maslahat bering, iymonim ziyoda bo‘lishi uchun nima qilsam bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu hammamizning dardimiz. Har bir mo‘min bu savolni o‘ziga berib turadi. Ayniqsa, bugungi fitnalar ko‘payib ketgan davrda chalg‘ituvchi narsalar juda ham ko‘p. Iymon — doimiy e’tibor talab qiladigan narsa.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu hammamizning dardimiz. Har bir mo‘min bu savolni o‘ziga berib turadi. Ayniqsa, bugungi fitnalar ko‘payib ketgan davrda chalg‘ituvchi narsalar juda ham ko‘p.

Iymon — doimiy e’tibor talab qiladigan narsa. Inson sog‘ligiga qanday g‘amxo‘rlik qilsa, undan ham ko‘proq iymoniga qarash kerak. Qalb xuddi bir yukni tepaga sudrab chiqayotgandek — agar ozgina bo‘sh qo‘ysangiz, orqaga tushib ketadi. Shuning uchun uni har kuni mustahkamlab turish lozim.

Avvalo, Alloh taolodan yordam so‘rang. Qalbni ochadigan, iymonni mustahkamlaydigan darslar eshiting. Qur’on o‘qing. Solih kishilar bilan birga bo‘ling, ular sizni yaxshilikka undaydi. Yomon odatlarga chorlaydigan do‘stlardan uzoqlashing. Muhit juda katta ta’sir qiladi. Rasululloh ﷺning hadisida kelganidek, yuz kishi o‘ldirgan odamga nasihat qilinadi: “Sen yashayotgan joy yomon, yaxshi odamlar yashaydigan joyga ko‘ch.” Shuning uchun yaxshi muhit va solih hamrohlar iymonni saqlashda juda muhim.

Ilm o‘rganing, tafsir va Allohning sifatlarini tanitadigan darslarni eshiting. Tafakkur qiling — Qur’on oyatlari ustida, koinotdagi hikmatlarda. Qabristonga borib, insonlarning oxirat manzilini eslang, janozalarda qatnashing, kasallarni ziyorat qiling. Bu narsalar qalbni yumshatadi va iymonni kuchaytiradi.

Ba’zi salaflar o‘z uyida qabr qazib qo‘ygan, ichiga kirib yotib: “Mana, men o‘ldim” deb o‘zini o‘ylagan. Bu orqali nafsini eslatib, iymonini yangilab turgan. Ba’zilar esa ulug‘ zotlarning huzuriga borib: “Qalbim qattiqlashib qoldi, menga nasihat qiling” deb maslahat so‘ragan. Hasan Basriy, Maymun ibn Mihron kabi allomalar shunday holatlarga guvoh bo‘lganlar.

Qalb ham insonning boshqa a’zolari kabi. Ustida ishlasangiz — yaxshilanadi. Qarovsiz qoldirsangiz — zang bosgan pichoqdek zaiflashadi.

Shuning uchun ilmni ko‘paytiring, Qur’on bilan mashg‘ul bo‘ling, solihlar bilan o‘rtoqlashing, yaxshi muhitda bo‘ling. Alloh taolo qalbingizni mustahkam qilib qo‘yadi, in shā Alloh.


Alloh taolo hammamizning iymonimizni ziyoda qilsin. Darslarimizni barokatli va davomli qilsin. Gunohlarimizni mag‘firat qilsin. Fitnalardan o‘zi asrasin. Qiyomatda tarozilarimizni og‘ir, amallarimizni maqbul qilsin. Siratdan ko‘z ochib yumguncha o‘tadiganlardan qilsin. Firdavs jannatida payg‘ambarlar, siddiqinlar, shuhadolar va solihlar bilan birga qilsin.

Allāhumma Āmīn.
Vallāhu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025