Bismillah,
Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.
Albatta, dinga xizmat qilish faqat bitta shaklda bo‘lmaydi. Alloh taolo har bir insonga turli-tuman qobiliyatlar bergan.
-
Kimdir mansab bilan xizmat qiladi.
-
Kimdir boyligi bilan xizmat qiladi.
-
Kimdir ilmi bilan xizmat qiladi.
-
Kimdir tili, nasihati, da’vati bilan xizmat qiladi.
-
Kimdir mehnati bilan xizmat qiladi.
Masjidlarni obod qilayotganlar, masjidda xizmat qilayotgan muazzinlar, mutavallilar, imomlar, mudarrislar, muallimlar — bularning barchasi Allohning dinini ko‘tarib turgan insonlardir. Da’vatchilar, mujohidlar, musulmonlarga rahbarlik qilayotgan qozilar, muftiylar, xalifalar ham dinga xizmat qilayotgan kishilar hisoblanadi.
Hatto kimdir halol kasb qilib, oilasini boqish niyatida harakat qilsa ham, jamiyatni obod qilishga xizmat qilgani uchun ajr oladi. Ba’zi rivoyatlarda bunday odamga shahid ajri berilishi haqida ham kelgan.
Shuning uchun:
“Faqat mana shuni qil”, deb bitta yo‘lni ko‘rsatish qiyin.
Har kim qo‘lidan kelgan ish bilan xizmat qiladi.
Ahzob g‘azotidan ibrat
Ahzob g‘azoti paytida musulmonlar juda og‘ir ahvolga tushib qolgan edi. Quraysh, G‘atafon va boshqa qabilalar jami 12 ming kishi bo‘lib Madinaga bostirib kelgan. Musulmonlar esa atigi 3 ming kishi edi. Ustiga-ustak:
hammasi bir paytga to‘g‘ri kelgan.
Shu og‘ir vaziyatda Nuaym ibn Mas’ud Islomni qabul qiladi. U Rasululloh ﷺ ga kelib:
“Ey Rasululloh, men musulmon bo‘ldim, lekin kofirlar buni bilishmaydi. Nima qilay?”
deb so‘raydi.
Rasululloh ﷺ unga:
“Qo‘lingdan nima kelsa, shuni qil. Urush — hiyladir”
dedilar.
Nuaym ibn Mas’ud hech qanday qurolsiz, faqat aqli va tili bilan:
-
Quraysh bilan Banu Qurayza o‘rtasiga shubha soldi,
-
bir-birlariga ishonchsizlik uyg‘otdi,
-
natijada ittifoq buzildi.
Keyin Alloh taolo kuchli shamol yubordi, dushmanlar vahimaga tushib qochib ketishdi.
Birgina odam, bitta qobiliyati bilan butun vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
Qissadan hissa
Allohning nusrati qayerdan kelishini inson bilmaydi. Muhimi:
Shuni Alloh yo‘lida ishlating.
Alloh taolo Shakur Zot — ozgina amalni ham qabul qiladi. Hatto bir fohisha ayol chanqagan itga suv bergani sababli gunohi kechirilgan.
Shaytonning gapiga kirmang. Shayton:
deb aldab yuradi. Lekin inson qachon o‘lishini bilmaydi. Atrofimizdagi o‘limlar — ogohlantirish.
Aqlli odam bugunni qo‘ldan boy bermaydi.
IT sohasida dinga xizmat
Siz ITni bilaman deyapsiz — bu katta ne’mat. Shu soha bilan:
yaratsangiz — bu ham dinga xizmat.
Kimning rizqi yengillashsa, kimga foyda yetkazsangiz, bu siz uchun katta ajr bo‘ladi.
Xulosa:
Qo‘lingizdan kelgan ishni Alloh uchun qiling. Kichik deb o‘ylamang. Alloh uni katta qiladi.
Vallohu a‘lam.