Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Islomda ayolning ishlashi hukmi va shartlari.

Islomda ayolning ishlashi hukmi va shartlari.

Nashr sanasi: January 1, 2026

Savol :

Biz Amerikada yashaymiz. Islomda ayol kishining ishlashi joizmi? Agar joiz bo‘lsa, qanday ishlarda? Mening xarakterim shundayki, uyda o‘tirib turolmayman. Tashqariga chiqib biznes qilsam bo‘ladimi? Psixologlar: “Sizning xarakteringiz shunaqa, chiqib ishlashingiz kerak. Aks holda uydagilaringizni qiynaysiz, energiyangizni tashqariga sarflashingiz kerak”, deyishyapti. Shunday qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi?

Katta bir ishxonaga borib, haftasiga uch kun ishlashim mumkin. Ishxonada erkaklar ham bor, lekin har kim o‘ziga ajratilgan joyda o‘tiradi.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Eng avvalo aytadigan nasihatim shuki, bunday psixologlarning oldiga bormang. “Senda energiya ko‘p, uni albatta tashqarida to‘kishing kerak”, degan gap ayol kishiga nisbatan to‘g‘ri tushuncha emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Eng avvalo aytadigan nasihatim shuki, bunday psixologlarning oldiga bormang.

“Senda energiya ko‘p, uni albatta tashqarida to‘kishing kerak”, degan gap ayol kishiga nisbatan to‘g‘ri tushuncha emas.

Agar energiyani “to‘kish” kerak bo‘lsa, buni uyda ham qilish mumkin. Masalan:

  • sport bilan shug‘ullanish,

  • yugurish yo‘lagida bir necha kilometr yugurish,

  • jismoniy mashqlar qilish — bularning o‘zi yetarli.

Yoki:

  • farzandlaringiz bilan shug‘ullaning,

  • ularga Qur’on o‘rgating,

  • ilm bilan band bo‘ling.

Ayol kishining o‘ziga mos, eng sharafli mashg‘uloti — farzandlarini tarbiyalash, ulardan islomiy avlod yetishtirishdir. “Ayol uyda o‘tirsa muammo chiqaradi”, degan gap — noto‘g‘ri va xato tushuncha.

Energiyani chiqarish uchun albatta ko‘chaga chiqib, erkaklar bilan aralashish shart emas. Agar quvvat ko‘p bo‘lsa, uni:

  • sportga,

  • foydali mashg‘ulotlarga,

  • ilm va ibodatga sarflash mumkin.

Islomda ayol kishining ishlashi aslida joiz, lekin shartlari bor. Agar ayol:

  • ro‘zg‘or ehtiyoji uchun,

  • o‘zini yoki farzandlarini ta’minlash zarurati sababli,

  • eriga yordam berish maqsadida
    ishlasa — bunga ruxsat bor.

Ammo ishlash harom yoki fitnaga sabab bo‘ladigan bo‘lmasligi kerak. Ayollarga mos, shar’iy jihatdan joiz bo‘lgan ishlarga misollar:

  • ayollar shifokori,

  • ayollar uchun stomatolog,

  • ayollar xizmat ko‘rsatadigan sohalar,

  • bolalar bilan bog‘liq ishlar.

Chunki ba’zi sohalarda ayollar xizmat qilishi zarur, erkaklar bunday joylarda xizmat qila olmaydi.

Lekin “uyda o‘tirsang muammo qilasan, energiyangni tashqarida chiqarishing kerak”, degan tushuncha islomiy tarbiyaga zid. Shuning uchun bunday psixologlarning oldiga bormang.

Buning o‘rniga:

  • Qur’on o‘qing,

  • Qur’on yodlang,

  • shar’iy ilm o‘rganing,

  • yozing, o‘qing, fikrlang.

Agar bir necha soat davomida Qur’on bilan shug‘ullansangiz, insonning quvvati ham, energiyasi ham tabiiy ravishda sarflanadi. Har bir o‘qilgan harf uchun o‘nta savob beriladi. Bu esa nomai a’malni yaxshilik bilan to‘ldiradi.

Shu bilan birga, “energiyamni chiqaraman” deb erkaklar bilan aralash muhitlarda yurish — umrni zoye ketkazishga olib borishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda:

  • agar ayolning ishlashga haqiqiy ehtiyoji bo‘lsa, ishlashi mumkin;

  • agar ehtiyoj bo‘lmasa, quvvat va energiyani ilmga, ibodatga va tarbiyaga sarflash ancha foydaliroq.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026