Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Inson o‘layotganida shayton suv olib kelib, iymondan qaytishga chaqiradimi?

Inson o‘layotganida shayton suv olib kelib, iymondan qaytishga chaqiradimi?

Nashr sanasi: October 28, 2025

Savol :

Ustoz, jon taslim qilish vaqtida inson juda chanqagan holatda bo‘ladi, deyiladi.
Shunda shayton bir piyola suv olib kelib: “Iymoningdan voz kechsang, shu suv seniki bo‘ladi”, der ekan.
Shunday hadis bormi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday mazmunda sahih hadis yo‘q. Ammo hadislarda umumiy ma’noda shunday kelgan: shayton inson o‘layotgan paytda unga fitna soladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday mazmunda sahih hadis yo‘q.
Ammo hadislarda umumiy ma’noda shunday kelgan: shayton inson o‘layotgan paytda unga fitna soladi, ya’ni vasvasa bilan yo‘ldan ozdirishga harakat qiladi. Shu sababdan Rasululloh ﷺ o‘lim paytidagi shayton fitnasidan Allohdan panoh so‘raganlar.

Demak, bu shayton insonni jon taslim qilguncha tinch qo‘ymaydi, degani.

Ba’zi salaflardan va ulamolardan rivoyat qilinishicha, o‘lim paytida shayton ba’zilariga suv ko‘tarib kelgani yoki Imom Ahmad ibn Hanbalga shayton ko‘rinib:

“Ey Ahmad, mendan qutulding, men seni fitna qila olmadim”,
— deganda, Imom Ahmad:
“Yo‘q, hali emas, hali emas,” — deganlar.

Keyin hushlariga kelganlarida, o‘g‘illari so‘rabdi:

“Otajon, nega ‘hali emas’ dedingiz?”

U zot javob berganlar:

“Shayton menga: ‘Sendan yutildim, endi seni yo‘ldan ozdira olmadim’, dedi. Men esa: ‘Yo‘q, hali emas — chunki hali jonim chiqqani yo‘q, hali o‘lmadim’, dedim.”

Shunga o‘xshash voqealar boshqa salaflardan ham rivoyat qilingan.

Ularning barchasi bir ma’noga boradi: shayton inson o‘lim chog‘ida unga vasvasa qiladi, uni iymonidan qaytarishga yoki gunoh holatda jon berishiga sabab bo‘lishga urinadi.

Ammo “shayton suv olib keladi, ‘kofir bo‘lsang, ichasan, bo‘lmasa bermayman’ deydi” degan rivoyat hadis emas.
Bu faqat ba’zi salaflarning hikoyalari yoki rivoyatlarida keltirilgan.
Buni inkor qilib bo‘lmaydi, ya’ni bo‘lishi mumkin.

Chunki shayton insonni tug‘ilgan kundan to jon taslim qilguncha tinch qo‘ymaydi.
Uning yagona maqsadi — insonni iymonsiz holda o‘ldirish, yoki hech bo‘lmaganda gunoh holatda jon berishiga sabab bo‘lishdir.

Qanday bo‘lmasin, shayton uchun eng muhimi — insonni o‘lim paytida bir fitnaga solishdir.

Shuning uchun ham biz Alloh taolodan doimo shaytonning yomonligidan panoh so‘rashimiz kerak,
tug‘ilgan paytimizdan to jonimiz chiqguncha shaytondan Allohga sig‘inib panoh tilashimiz lozim.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026