Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Import mashina ichidagi qimmatbaho buyumlar olib qolish hukmi.

Import mashina ichidagi qimmatbaho buyumlar olib qolish hukmi.

Nashr sanasi: February 20, 2025

Savol :

Ustoz, Koreya va Yaponiyadan olib kelingan mashinalarni sotishdan oldin ichki va tashqi qismlarini pardoz qilish uchun bizga olib kelishadi. Mashina ichidan chiqqan narsalar haqida esa “Kerak emas, tashlab yuboringlar” deb qoldirishadi. Gohida qimmatbaho narsalar ham chiqib qoladi. Shunda ushbu narsalarni o‘zimizga olib qo‘ysak bo‘ladimi yoki egasiga berishimiz kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar mashina ichidan oltin uzuk, qimmatbaho telefon yoki shunga o‘xshash qimmat buyumlar chiqib qolsa, egasiga xabar berish kerak.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Aslida, inson biror narsadan voz kechsa, undan foydalanish mumkin. Ya’ni, agar egasi ochiqchasiga “Kerak emas, olib qo‘yaqoling” deb aytsa yoki holat shunga dalolat qilsa, bu narsalardan foydalanish joiz bo‘ladi.

Ba’zi hollarda odamlar eski yoki ishlatilgan buyumlarini axlat yoniga qo‘yib ketishadi. Bunday odat ayrim joylarda urf bo‘lib, agar egasi uni axlatga tashlamay, yoniga qo‘yib ketsa, bu – u endi unga kerak emasligini bildiradi. Shu sababli, kimga kerak bo‘lsa, olib ketishi mumkin.

Bu yerda ham mashina egasi ochiqchasiga “Bu narsalar sizlarga kerak bo‘lsa, olib qo‘yaqoling” deb aytgan bo‘lsa, demak u ulardan voz kechgan hisoblanadi. Lekin odatda mashina ichida qoldirilgan narsalar qimmatbaho bo‘lmaydi, asosan arzimas narsalar bo‘lishi mumkin.

Agar mashina ichidan oltin uzuk, qimmatbaho telefon yoki shunga o‘xshash qimmat buyumlar chiqib qolsa, egasiga xabar berish kerak.
Chunki egasi ularni bilmagan yoki unutib qoldirgan bo‘lishi mumkin. Shunday holatda “Mashina ichidan siz tashlab yuboring degan narsalar orasida bunday qimmat narsa chiqdi, biz uni olib qo‘yaqolaylikmi yoki sizga qaytaraylikmi?” deb egasiga bir og‘iz so‘rash kerak.

Agar egasi “Menga kerak emas, olib qo‘ying” desa, muammo yo‘q, lekin aksincha bo‘lsa, uni egasiga qaytarish lozim.

Agar mashina egasi mashinani boshqa birovdan olgan bo‘lsa, demak, bu qimmatbaho buyumlar uning o‘ziga ham tegishli bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, asl egasini topish va unga xabar berish kerak.

Agar egasi mashinani sotgan bo‘lsa va ichida turmush o‘rtog‘ining taqinchoqlari yoki boshqa qimmatbaho buyumlar qolib ketgan bo‘lsa, bularni unga aytish shart.
Chunki u bilmagan holda qoldirgan bo‘lishi mumkin va bu holatda egasi o‘ziga tegishli narsalarni olib qo‘lishi kerak.

Agar mashina egasi “Bu mening narsalarim, lekin kerak emas, olib tashlashingiz mumkin” deb aniq aytsa, bunday holatda ham bir og‘iz unga xabar berib, keyin qaror qilish lozim.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025