Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

Nashr sanasi: April 17, 2025

Savol :

Bir yilcha oldin Umrada ayollarga umraboshilik qilish taklifini olgan edim. Men: “Madinada o‘qimoqchiman, ishlamoqchi emasman”, deb rad etgan edim. Endi esa boshqa bir taklif tushib qoldi. Unga ko‘ra, haj paytida ayollarga haj qilishni o‘rgatib, haj firmasiga yordam berishim so‘ralmoqda. Evaziga menga hujjat tayyorlab, haj qilish imkoniyati yaratib berishar ekan. Bu fursatdan foydalanishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “O‘zinga foydali bo‘lgan narsaga haris bo‘lgin, Allohdan madad so‘ragin, ojiz bo‘lib o‘tirma”. Agar tirikchilikka ehtiyojingiz bo‘lmasa, menimcha, hozircha ilm o‘qishingizni maslahat beraman. Chunki ilm o‘rganishdan afzalroq ish yo‘q. Vallohu a’lam.

Endi qarang, bu savolga aslida o‘zingiz javob berishingiz kerak bo‘lgan masala. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “O‘zinga foydali bo‘lgan narsaga haris bo‘lgin, Allohdan madad so‘ragin, ojiz bo‘lib o‘tirma”.

Hozir sizning oldingizda ikkita yo‘l turibdi: biri — ilm olish, ikkinchisi — hojiboshilik qilish. Agar ilm olishga imkoniyatingiz bo‘lsa, ya’ni ta’minotingiz bo‘lsa, men shubhasiz ilmni tavsiya qilaman. Chunki yoshlikda ilm olish eng maqbul paytdir.

Hojiboshilik bu dunyo ishidir, u hech qachon tugamaydi. Bugun million topasiz, ertaga ikki million, so‘ng uch million qilib, yana birovga berib ketasiz. Oxiri yana nol nuqtaga qaytasiz. Bu yo‘l ko‘pincha odamlarning g‘azabiga, nolishiga sabab bo‘ladi. Qozi insof bilan ish qilsa ham, odamlar uni yomon ko‘rishi mumkin, deyiladi-ku — hojiboshilar ham shunday. Agar adolat bilan ish qilsa ham, baribir kimdir uni la’natlaydi. Birovning haqini yeb qo‘ysa, duolar unga qarshi qilinadi.

Agar niyatingiz halol bo‘lib, faqat pul topish emas, balki bu yo‘l orqali ilm olishga, hayotingizni yo‘lga qo‘yishga yordam bo‘lsin degan bo‘lsangiz, bu — kasb, halol mehnat bo‘ladi. Bir akamiz aytib bergan edilar: “Bir qumarboz tog‘am bor edi, u aytardi: ‘Bir o‘xshab qolsa, bu ham hunar!’” — deyishgan. Bu, albatta, hazil, lekin shunday demoqchimanki, har bir mehnatni halollik bilan qilinsa, hunar hisoblanadi.

Agar tirikchilikka ehtiyojingiz bo‘lmasa, menimcha, hozircha ilm o‘qishingizni maslahat beraman. Chunki ilm o‘rganishdan afzalroq ish yo‘q. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Musulmon odam do‘zaxda abadiy qoladimi?

    April 17, 2025
  • Go‘zal xulq bilan muomala qilish riyomi?

    April 17, 2025
  • Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

    April 17, 2025
  • Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

    April 17, 2025
  • Sodiqlik haqida

    April 15, 2025