Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ilmga ishtiyoqi sababli muammolarga uchrayotgan qiz haqida savol.

Ilmga ishtiyoqi sababli muammolarga uchrayotgan qiz haqida savol.

Nashr sanasi: August 4, 2025

Savol :

Ustoz, biz Oʻzbekistonda yashaymiz. Qizim 19 yoshda, ilmga chanqoq, taqvodor, niqobda yuradi. Ammo mamlakatimizda niqob taqiqlangan. Bir necha bor ogohlantirish oldik, hatto sud jarimalari ham toʻladik. Shunga qaramay, qizim: “Bu Allohning buyrugʻi, niqobdan voz kecha olmayman”, deydi. Biz ham shuni bilamiz, lekin uni niqobdan qaytarishga tilimiz bormaydi.

Saudiya universitetlariga oʻtgan va bu yil ham hujjat topshirdik, lekin qabul qilinmadi. Qizim sizdan ilm olishni juda istaydi. Ammo erim: “Mahramisiz joʻnatmayman, turmushga chiqqach, eriga ergashib o‘qisin,” deydi. Sovchilarning hech biri ilm yo‘lida emas. Qizim esa: “Shunaqa yigit qachon kelarkin deb uydan chiqolmay umrimni otkazib otiraveramanmi, men ilm olib islomga hizmat qilishni, davat qilishni hohlayman deb siqilib ovqat ham yemay qoʻydi. Ustoz, iltimos, bir nurli nasihat bering, qalbi taskin topsin. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh siz va qizingizga baraka bersin. Ayni holatda, agar niqobsiz chiqish mumkin bo‘lmasa, zarar yetmasligi uchun uydan chiqmaslik afzal. Qizingiz ilmni internet orqali davom ettirib, Qur’on yodlashga bel bog‘lasin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, Alloh siz va qizingizga baraka bersin. Taqvo, hijob, ilmga muhabbat — bular Allohning katta ne’matlari. Sizlar qanday mashaqqatda ekaningizni tushunamiz. Bunday paytda eng muhimi — Allohga bog‘lanish va sabrli bo‘lish.

Agar qizingiz niqobsiz chiqmaslikni qat’iy niyat qilgan bo‘lsa, unga o‘ziga zarar yetmaslik, ota-onasiga tahdid bo‘lmaslik uchun hozirgi holatda uydan chiqmaslikni maslahat beramiz. Chunki ba’zan kichik zararni ko‘tarib, kattasidan saqlanish hikmat bo‘ladi.

Qizingiz uyda o‘tirib ham ilm o‘rganishi, hatto Qur’on yodlashi mumkin. Hozir internet orqali ilm olish imkoniyati juda keng: darslar, shayxlar, hatto sanad bilan Qur’on topshirish ham onlayn amalga oshirilmoqda. Siz ustozlarga bog‘lab bersangiz, u joyidan turmasdan qoriya bo‘lishi mumkin.

19 yosh — yosh. Oʻzbek urfida goʻyoki bu yosh kechikkan kabi ko‘riladi, ammo aslida bu yoshda hali koʻp eshiklar ochilishi mumkin. “Erga tegmay qolaman” degan vahima bilan noto‘g‘ri qadam tashlash kerak emas. Alloh uchun sabr qilganlarga Alloh o‘zi eshik ochadi. Bu vaqtni ilmga, Qur’onga, ma’naviyatga bag‘ishlash — eng to‘g‘ri yo‘l.

Qizlarni eshikdan chiqarmasdan, uyda Qur’on yodlatib katta qilgan salafi solih ayollar bo‘lgan. Hatto guvohlikka chaqirilsa ham, ularning oldiga qozi kelib, eshitib qaytgan. Shu darajada iffatli va parhezkor bo‘lishgan.

Qizingiz hozirgi holatda sabr bilan Qur’on yodlasa, kelajakda nafaqat o‘zi uchun, balki farzandlari va ummat uchun ham foydali bo‘ladi. Toki Alloh taolo sizga ilmlik, solih bir yigitni yo‘liqtirguncha. Allohning va’dasi haqiqat:

وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًۭا

Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo`lini ochib qo`yadir.

وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَـٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍۢ قَدْرًۭا ٣

Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir.
 (Talaq: 2-3)

Shuning uchun sizga maslahatimiz:

  • Qizingiz internet orqali Qur’on va boshqa ilmlarni o‘rgansin.

  • Har kuni ustozga murojaat qilib dars topshirib borsin.

  • Telefon, ijtimoiy tarmoqlardan tiyilsin.

  • Yil ichida Qur’onni yodlab, qoriya bo‘lsin.

Shu orqali qalbida yorug‘lik, vaqtda baraka paydo bo‘ladi. Bu holat, bu cheklov — Allohning yomonligi emas, yaxshilik tomon yetaklaydigan sinovidir. Yaxshi niyatda sabr qiling. Iloji bo‘lsa ustozlardan sanadli ta’lim olib, ilm ahliga aylansin.

InshaAlloh, bir kun kelib, bu taqvo va sabr sizlar uchun eng katta baxt eshigini ochadi. Shuning uchun hozirgi paytdan imkon qadar foydalansin. Qur’on, ilm — eng barakali yo‘ldir.

Alloh taolo sabr, iymon, mustahkam niyatlar bilan sizga bu dunyoda ham, oxiratda ham eng yaxshi yo‘llarni ochsin. Amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025