Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ilm olish uchun safar qilish

Ilm olish uchun safar qilish

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Ustoz, ilm olish uchun uzoqqa safar qilishning qanchalik ahamiyati bor?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ilm o‘rganish uchun safar qilish — bu ulamolardan foydalanish, ularning suhbatlarida bo‘lish, ilmni qalbdan qalbga o‘tishini ta’minlash uchun zarur.

Bismillāh, alhamdulillāh, vassalātu vassalāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.

Bu masalaning ba’zida ahamiyati bo‘ladi, ba’zida esa bo‘lmaydi. Ulamolar ilm olishda uzoqqa safar qilishdan oldin, avvalo, inson o‘z atrofi, ya’ni yaqin atrofidagi ilmni o‘rganib olishi kerak, deydi. Shundan keyin esa chetga chiqish, uzoqroqqa safar qilish mumkin, deyishadi. Lekin “qancha uzoq ketsa, shuncha yaxshi bo‘ladi” degan qoidasi yo‘q ilmning.

Aslida safar qilishdan maqsad — olimlarni izlab, ularning ilmiga ega bo‘lish. Bekorga uzoq masofani bosib o‘tib, shunchaki borish emas. Masalan, kimdir 1000 km yo‘l bosib bir olimdan dars olyapti, yana kimdir 2000 km yurib, o‘sha olimning shogirdidan dars olyapti. U uzoqroqqa borgani bilan, ilmda undan ustun degani emas bu.

Safarning ahamiyati shundaki — inson o‘z yurtidan chiqib, ichki dunyosida o‘zgarishlar qilishi, ya’ni “hayoli” o‘z diyorida qolib ketmasligi kerak. Ammo hozirgi kunda kimning qo‘lida telefon bo‘lsa, u qaerga bormasin, borgan joyining ilmiy jihatdan unchalik farqi qolmaydi.

Ilm talab qilayotgan odamning qo‘lida telefon bo‘lsa, u dunyoning istalgan burchagida bo‘lsa ham, internet orqali butun dunyodagi ilmlarga ulanadi. Shu sababli, aslida birinchi navbatda telefondan voz kechish kerak. Telefonni chetga qo‘ygach, safarning, joyning, muhitning ilm olishdagi haqiqiy ahamiyati paydo bo‘ladi.

Bugungi kunda qo‘lingizda telefon bo‘lsa, bu — siz butun dunyo ichida yurgandek bo‘lasiz, hamma joyga kirib chiqasiz. Qaerda turganingiz muhim bo‘lmay qoladi.

Xulosa shuki, ilm o‘rganish uchun safar qilish — bu ulamolardan foydalanish, ularning suhbatlarida bo‘lish, ilmni qalbdan qalbga o‘tishini ta’minlash uchun zarur.
Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025