Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ikki hayz orasudagi muddat qisqa bo’lsa, shu oraliq kunlar hayz kunlari hisoblanadimi?

Ikki hayz orasudagi muddat qisqa bo’lsa, shu oraliq kunlar hayz kunlari hisoblanadimi?

Nashr sanasi: May 26, 2025

Savol :

Ustoz, avvalo bu savol uchun uzr so‘rayman, lekin so‘rab, hukmini bilib olmasam bo‘lmaydi.

Men hozir ehromdaman. Bir hafta bo‘ldi — qon kelib qolgani uchun umr amallarimni to‘xtatgandim. Hayzim bir kun kelib, orada bir hafta, uch kun, ba’zida 10 kunlab kelmaydi, keyin yana bir hafta davom etadi. Menda bir necha oydan beri shunday holat kuzatilmoqda. Oradagi tozalik kunlari hayz kunlari hisoblanadimi?

Men shuni bilmayapman. Shu sababli oradagi kunlarda ham namoz o‘qimayapman, Masjidul Haromga ham kira olmayapman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bir kun qon kelib, keyin to‘xtab qolsa, va tozalik yuzaga kelsa, tahorat olib, ibodatlarni ado etish mumkin bo‘ladi. 10 kun — bu allaqachon uzoq muddat hisoblanadi.

Bismillah, alhamdulillah, va ‘ala Rasulillah, amma ba’d:

U kun uzoq muddat bo‘lsa, agar sizda qon kelganidan keyin “oqlik” — ya’ni tozalik alomati (ulamalar bu holatni jafaf deb ataydi) yuzaga kelsa, ya’ni umuman qurib, hech qanday qon kelmay qolsa, bu holat albatta tozalik hisoblanadi.

Bunda muayyan bir muddat (masalan, qondan to‘xtagandan keyin) o‘tishi kerakligi haqida ba’zi fuqaholar 15 kunni belgilashgan. Masalan, hanafiy ulamolari: “Aqallu tuhuri khamsata ‘ashara yawman” deganlar. Ya’ni ikki hayz orasidagi eng kam tuhur (tozalik) muddati 15 kun bo‘lishi kerak, deyilgan.

Lekin bu haqda Rasulullohdan ochiq ko‘rsatma kelmagan. Aslida bu holatni ayollar o‘z tanalaridan, o‘zlarining holatidan kelib chiqib aniqlashlari kerak bo‘ladi.

Shuning uchun, agar bir kun qon kelib, keyin to‘xtab qolsa, va tozalik yuzaga kelsa, bu tozalik ikki xil bo‘lishi mumkin:

Qassatul Baydo deb ataladi — bu holatda paxtaning tolasidek oppoq ajralma keladi. Ayollar bu holatni yaxshi bilishadi — bu tozalikning aniq alomatidir.

Yoki jafaf bo‘ladi — ya’ni tamoman qurib, hech qanday qon yoki ajralma kelmay qoladi.

Aynan shunday paytda tahorat olib, ibodatlarni ado etish mumkin bo‘ladi. 10 kun — bu allaqachon uzoq muddat hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026