Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ikki Haramda qilingan boshqa solih amallar uchun ham namozdagidek ajr beriladimi?

Ikki Haramda qilingan boshqa solih amallar uchun ham namozdagidek ajr beriladimi?

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ikki haramda o’qilgan namozga ulkan ajrlar va’da qilingan. Shunga qiyos qilib, Haram hududidagi boshqa solih amallar ham 100 ming barobar yoki ming barobar bo’ladi, deyish to’g’rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Dalil namozga kelgan, shuning uchun boshqa amallar haqida aniq bir narsa deyish qiyin. Lekin baribir ham u joy muborak joy. Muborak joyda bajarilgan amallar, umid qilamizki, boshqa joydagilardan farqli va ustun bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Bismillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, amma ba’d.

Ya’ni, bu narsada umid qilinadi. Modomiki ochiq nas (dalil) kelmagan bo‘lsa, bunga aniq shuncha ajr beriladi, deb aytish qiyin. Lekin, umid qilinadi. Masalan, agar bir kishi ro‘za tutsa, u ham xuddi 100 mingta ro‘zaga teng bo‘ladimi? Bunga dalil faqat namoz haqida kelgan.

Dalil namozga kelgan, shuning uchun boshqa amallar haqida aniq bir narsa deyish qiyin. Dalil kelmagan narsaga aniq hukm berish mushkul. Lekin baribir ham u joy muborak joy. Muborak joyda qilingan amallar boshqa joydagilardan afzal bo‘lishi umid qilinadi. Chunki muborak joyda bajarilgan amallar, umid qilamizki, boshqa joydagilardan farqli va ustun bo‘ladi.

Lekin ochiq dalil kelmaganidan so‘ng, qat’iy bir narsa deyish qiyin. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Shariatga xilof narsalar ham sotiladigan omborxonada ishlash hukmi.

    April 15, 2026
  • Ruqyada oyat va hadisdan boshqa duo qilsa ham bo‘ladimi?

    April 15, 2026
  • Inson ajalini oldindan sezishi mumkinmi?

    April 13, 2026
  • Tik-tokda video ko‘rishni tashlay olmayotgan do‘stimga nasihat qiling.

    April 13, 2026
  • “Grin karta” o‘ynash ham lotereya kabi harommi?

    April 9, 2026
  • Oylikka ishlaydigan odam ham Allohdan boylik so‘rasa bo‘ladimi?

    April 8, 2026