Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Ikki haramda ayollar ham janozaga qatnashsa bo‘ladimi?

Ikki haramda ayollar ham janozaga qatnashsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 7, 2025

Savol :

Madina va Makka Harami masjidlarida farz namozlaridan keyin ko‘pincha janoza namozi o‘qiladi. Ayollarning bu namozda qatnashishi hukmi qanday? “Kim janoza namozini o‘qisa, unga Uhud tog‘ichalik savob beriladi”, degan hadis ayollarga ham tegishlimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Aslida ayollar uchun jamoat namozlariga chiqish vojib emas. Ammo agar ayol jamoat namoziga chiqsa, ajrini oladi. Shuningdek, janoza namozida qatnashish ham ayollar uchun vojib emas, erkaklar uchun vojib.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Aslida ayollar uchun jamoat namozlariga chiqish vojib emas. Ammo agar ayol jamoat namoziga chiqsa, ajrini oladi. Shuningdek, janoza namozida qatnashish ham ayollar uchun vojib emas, erkaklar uchun vojib.

Agar ayollar janoza namozida ishtirok etishsa, ajrlaridan mahrum bo‘lmaydilar. Ayniqsa, Haramda janoza tayyor holatda turibdi, vaqt olmasdan birgalikda o‘qilmoqda – bu holatda qatnashgan ayollar ham hadisda va’da qilingan savobga umid qilishi mumkin. Chunki hadis umumiy kelgan va faqat erkaklarga xos deb cheklanmagan. Shuning uchun bu savobdan ayollar ham nasibador bo‘lishi ehtimoli bor.

Xuddi shunday, hayit namozlari, juma namozlari ham ayollar uchun vojib emas. Ammo agar ayol jumaga chiqsa va juma namozini o‘qisa, peshin namozini o‘qimasa ham bo‘ladi, ya’ni juma o‘rniga o‘tadi. Shunday ekan, qatnashganiga yarasha ajr oladi, in shaa Allah.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025