Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Homiladorligi sababli ayol eriga nisbatan salbiy munosabatda bo’lib qolsa.”

“Homiladorligi sababli ayol eriga nisbatan salbiy munosabatda bo’lib qolsa.”

Nashr sanasi: May 3, 2025

Savol :

Domla, men hozir homiladorman. Shu sababmi yoki boshqa sabablardanmi, erimni yomon ko‘rib qoldim. Uni ko‘rgim kelmaydi. Gaplashsak, har safar tortishib qolamiz. U menga qo‘pol muomala qiladi. Iltimos, maslahat bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu vaqtinchalik holat bo‘lib, ko‘pincha tug‘ruqdan keyin barchasi o‘z iziga tushadi, munosabatlar yana iliqlashadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holat homiladorlik davrida ba’zida uchrab turadigan holatlardan biri. Tajribada ham ko‘rilgan: ayrim ayollar homiladorlik paytida eriga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lib qoladi. Bunga tanadagi gormonal o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Bu vaqtinchalik holat bo‘lib, ko‘pincha tug‘ruqdan keyin barchasi o‘z iziga tushadi, munosabatlar yana iliqlashadi.

Shu sababli, bu holatni er ham to‘g‘ri tushunishi kerak. Ayolining holatini inobatga olib, unga nisbatan sabrliroq bo‘lishi zarur. Siz ham iloji boricha sabr qiling, duoda bo‘ling, Allohdan bu holatning yaxshilik bilan o‘tib ketishini so‘rang. Insha Alloh, bu sinov ham o‘z vaqtida yakunlanadi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025