Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hayz holatida masjidga kirsa bo‘ladimi?

Hayz holatida masjidga kirsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 28, 2025

Savol :

Bir ayol masjid yerto‘lasidagi darsxonada ayollarga dars beradi.
Hayz holatida dars uchun masjidga kirsa bo‘ladimi? Juma o‘qilmaydigan kichkina masjid ekan.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hayz ko‘rgan ayolning masjidga kirishi masalasi ixtilofli masala. To‘rtta mazhab ulamolari “mumkin emas” degan. Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlar: “Men masjidda hayz ko‘rgan ayolga va junub odamga halol qilmayman”. Ammo hozirgi paytda hayzli ayolning masjidga kirishidan masjid nopok bo‘lib qolishi deyarli kuzatilmaydi. Demak, masala hadisning sahih yoki sahih emasligiga bog‘liq qoladi: Kim bu hadisni sahih desa – masjidga kirishi mumkin emas, deydi. Bu jumhur ulamolar, to‘rt mazhabning so‘zidir. Kim bu hadisni sahih emas desa – “asl halollik” daliliga tayangan holda kirsa bo‘ladi, deydi. Bu Zohiriylarning so‘zidir.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalam ‘ala rasulillahi va ba’d.

Bu masala, ya’ni hayz ko‘rgan ayolning masjidga kirishi masalasi ixtilofli masala.
To‘rtta mazhab ulamolari “mumkin emas” degan.

Hadisda keladi: Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganlar:

“Men masjidda hayz ko‘rgan ayolga va junub odamga halol qilmayman”.

Ya’ni, shu hadisni dalil qilganlar.
Ammo Zohiriy ulamolari Ibn Hazm va Dovud Zohiriy bu hadisni sahih emas, degan. Ularning ta’kidlashicha, musulmon odamning asliyati tohirlikdir:

“Al-Muslim la yanjus” (Musulmon najas bo‘lmaydi).

Bu hadis Imom Muslim rivoyatida Abu Hurayradan kelgan. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

“Mo‘min kishi najas bo‘lmaydi” – deganlar.

Mo‘min kishi najas bo‘lmagandan keyin, u masjidga najas holda hisoblanmaydi. Demak, u masjidga kira oladi. Buni qaytaradigan qat’iy dalil yo‘q, deydi ular.

Shuning uchun bu ixtilofli masala. Ya’ni, bu ixtilof sababi o‘sha hadisning sahih yoki sahih emasligiga borib taqaladi.
Agar hadis sahih bo‘lsa, ochiq-oydin halol bo‘lmaydi, hayz ko‘rgan ayolning masjidga kirishi.
Agar hadis sahih bo‘lmasa, asliyat – tohirlik, ya’ni ruxsat bo‘ladi.

Agar ayoldan hayz paytida qon tomib tursa, bu masjidni nopok qilish xavfi bor. Shuning uchun mumkin emas, deyiladi. Chunki nafaqat hayz ko‘rgan ayol, balki qo‘li kesilib qon tomayotgan odam ham masjidga kira olmaydi. Chunki masjid poklikka buyurilgan, u yerga qon, najosat va boshqa iflos narsalar olib kirish qaytarilgan.

Ammo hozirgi paytda hayzli ayolning masjidga kirishidan masjid nopok bo‘lib qolishi deyarli kuzatilmaydi. Demak, masala hadisning sahih yoki sahih emasligiga bog‘liq qoladi:

Kim bu hadisni sahih desa – masjidga kirishi mumkin emas, deydi. Bu jumhur ulamolar, to‘rt mazhabning so‘zidir.

Kim bu hadisni sahih emas desa – “asl halollik” daliliga tayangan holda kirsa bo‘ladi, deydi. Bu Zohiriylarning so‘zidir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025